2025-yilda Pxuketdagi eng arzon, ammo munosib mehmonxonalar top-5 taligi: sayyohlik agenti tanlovi + narxlar


O‘zbekistondan sayohat qilayotganlar uchun hozirda Pxuketda dam olish narxlari qanday bo‘lmoqda? Ushbu savolga FUN&SUN sayyohlik agentligining mijozlar bilan ishlash bo‘yicha asosiy menejeri Madina javob berdi. Aynan Toping.uz uchun u eng qimmat bo‘lmagan, shu bilan birga, oroldagi munosib mehmonxonalarning TOP-5 taligini tanlab oldi.
Tailand turlariga 15 foizlik chegirmaga ega bo‘ling.

O‘zbekistonda FUN&SUN chegirmasiСкидка от FUN&SUN в Узбекистане.
Pxuketda mavsum qachon boshlanadi
Sayyohlar bu yerga butun yil davomida kelishadi, shu bilan birga, bu yerda ikki mavsum: quruq (noyabrdan aprelgacha) va yomg‘irli davrlar aniq ajratiladi. Sayohat uchun avgust va sentyabr oylarini bu hududda eng noqulay deb atashadi: bu oylarda namlik juda yuqori va katta to‘lqinlar bo‘ladi - bu, darvoqe, faqat serfing ishqibozlariga qo‘l keladi.
Maslahat: agar siz velosipedni ijaraga olishni rejalashtirmoqchi bo‘lsangiz, chet elda faol dam olish uchun sug‘urta ham oling.

Woovo Phuket Patong
Ushbu mehmonxonada dam olish bilan butun sayohat narxi: 1568 dollarni tashkil etadi*.
*Bu yerda va quyida O‘zbekistondagi FUN&SUN agentligining narxi 1 kishi uchun, 7 kecha-kunduz va 8 kunlik sayohat; Toshkentdan jo‘nab ketish (to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys); narxlar ushbu matn e’lon qilingan vaqtda amal qiladi. Narxlarni aniqlashtirish uchun FUN&SUN’dan bepul maslahatga buyurtma bering. Tur ikki tomonga parvoz, mehmonxonaga transfer, tibbiy sug‘urta, yashash va nonushtani o‘z ichiga oladi.

Mehmonlarga ayniqsa nimalar ma'qul keldi |
✅ Xonalar ozoda va tartibli. ✅ Yumshoq krovatlar. ✅ Ochiq havza. ✅ Fitnes markazi. ✅ Butun hudud bo‘ylab bepul Wi-Fi. ✅ Xushmuomala xodimlar: mehmonlar ma'muriyat taksiga buyurtmaga berishga yordam berganini, iltimoslariga ko‘ra qo‘shimcha to‘shak taqdim etishganini so‘zlab berdi. ✅ Plyajgacha piyoda bor-yo‘g‘i 5 daqiqalik yo‘l. ✅ Yonida bozor va do‘konlar; ko‘plab uqalash xizmatiga ega hududlar mavjud. |
Booking bo‘yicha reytingi: 8,2 ball.
Patong Beach plyajidan 700 metr uzoqlikda joylashgan. Har bir xonaga konditsioner o‘rnatilgan. Bu yerga juft-juft bo‘lib keladigan sayyohlarga joylashuv ayniqsa yoqadi: ular buni juda yaxshi deb baholashadi (joylashuviga ko‘ra Booking bo‘yicha 8,2 ball).
Ta'tilni tashkillashtirish bilan shug‘ullanishni xohlamaysizmi?Turagentdan bepul maslahat oling.

O‘zbekistondagi FUN&SUN sayyohlik agentligidan bepul maslahat.
Pamookkoo Resort
Ushbu mehmonxonada dam olish bilan butun tur narxi: 1639 dollarga to‘g‘ri keladi*.

Mehmonlarga ayniqsa nimalar ma'qul keldi |
✅ Bolalar bilan dam olishga qulay, bolalar xonasi va maydonchasi, basseynda suv tepaliklari mavjud. Ikki qavatli bolalar krovatiga ega xonalar ikki va undan ortiq farzandi bo‘lgan dam oluvchilar uchun mos keladi. ✅ Toza va shinam xonalar. ✅ Chiroyli toza hudud. ✅ Fitnes markazi. ✅ Bepul Wi-Fi. ✅ Yaqin atrofda do‘konlar va kafelar, massaj salonlari joylashgan. ✅ Dengiz yaqin hududda joylashgan. |
Booking bo‘yicha reytingi: 7,8 ball.
Markazgacha - yarim kilometrdan kamroq; Kat plyajigacha 600 metr. Bu yerga juft-juft bo‘lib kelgan sayyohlar mehmonxonaning joylashuvini "ajoyib" deb baholashadi (joylashuv uchun Booking bo‘yicha 9,0 ball).
Pxuketdagi mehmonxonalarning narxlari asosan uchta omilga: 1) mavsum, 2) mehmonxona joylashgan hudud, 3) dengizgacha bo‘lgan masofaga bog‘liq.
Centara Karon Resort Phuket
Mazkur mehmonxonada dam olish bilan butun tur narxi: 1641 dollar*.

Mehmonlarga ayniqsa nimalar ma'qul keldi |
✅ Yangi mehmonxona. ✅ Yoqimtoy va xushmuomala xodimlar. ✅ Mazali nonushtalar. ✅ Bepul Wi-Fi. ✅ Bolalar maydonchasi va xonasi. ✅ Spa markazi va trenajyor zali. ✅ Tennis korti. |
Booking bo‘yicha reytingi: 7,5 ball.
Plyajgacha besh daqiqalik yo‘l (Bookingda plyaj reytingi 8,6 ball), hududda uchta ochiq basseyn va 6 ta restoran mavjud. Mehmonlar Centara Karon Resort Phuketning qulay joylashuvini ta’kidlashadi.
Deevana Plaza Phuket
Ushbu mehmonxonada dam olish bilan butun tur narxi: 1652 dollar*.

Mehmonlarga ayniqsa nimalar ma'qul keldi |
✅ Qulay joylashuv. ✅ Nonushtalar uchun keng tanlovning mavjudligi. ✅ Ochiq suzish havzalari, jumladan, tepaliklar o‘rnatilgan bolalar basseyni ham bor. ✅ Bolalar klubi. ✅ Fitnes markazi va sauna, spa-salon. ✅ Bepul Wi-Fi. |
Booking bo‘yicha reytingi: 7,7 ball.
Mashhur Bangla Road va Jungceylon savdo markazidan atigi 1 kilometr uzoqlikda joylashgan. Patonga sohiligacha piyoda besh daqiqalik yo‘l. Joylashuvni mehmonlar ajoyib deb baholaydi - Bookingda bu yerda juft-juft bo‘lib dam olgan sayyohlar mehmonxona joylashuviga 8,6 ball qo‘yishdi. Sharhlarda mehmonxona, ayniqsa, bolali oilalar uchun yaxshi ekanligi haqida fikrlar bildirilgan.
The Marin Phuket
Ushbu mehmonxonada dam olish bilan butun sayohat narxi: 1754 dollar*.

Mehmonlarga ayniqsa nimalar ma'qul keldi |
✅ Yangi xonalar, xonalarda mikroto‘lqinli pech mavjud. ✅ Bog‘. ✅ Ochiq havzalar. ✅ Fitnes markazi. ✅ Bolalar klubi. ✅ Butun hududda bepul Wi-Fi mavjud. |
Laem-Sing plyajidan bir yarim kilometrdan kamroq masofada joylashgan. Surin plyajiga ikki kilometrdan sal ko‘proq masofalik yo‘l. Mehmonlarning aytishicha, bu joy instagramdagi suratlar uchun ayni muddao. Sayyohlar mini oshxonaga ega xonalardan hayratda qolishdi: unda mikroto‘lqinli pech, rakovina, idish-tovoq va oshxona anjomlari, kapsulali qahva mashinasi mavjud.
Booking bo‘yicha reytingi: 7,9 ball.
Dam olishni xohlaysizmi? Turagent qo‘ng‘irog‘ini buyurtma qiling.

O‘zbekistondan turlar bo‘yicha FUN&SUN maslahatlari.