РУ
O’Z
UZS
/
/
6–8-dekabr kunlari haftaning ikkinchi yarmida Oʻzbekistonda ob-havo maʼlumoti: anchagina sovuq boʻladi
04.12.2024 (yangilandi 04.12.2024)

6–8-dekabr kunlari haftaning ikkinchi yarmida Oʻzbekistonda ob-havo maʼlumoti: anchagina sovuq boʻladi

6–8-dekabr kunlari haftaning ikkinchi yarmida Oʻzbekistonda ob-havo maʼlumoti: anchagina sovuq boʻladi

“Oʻzgidromet” joriy ish haftasining ikkinchi yarmida respublika boʻylab qanday ob-havo kuzatilishini maʼlum qildi. Harorat nisbatan sovuq boʻlishi va bulutli kunlar koʻpayishi kutilmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8-dekabrda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 6-7-dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 8-dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.

Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8-dekabrda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-7-dekabrda 0-5° sovuq, 8-dekabrda 3-8° sovuq, kunduzi 6-dekabrda 2-7° iliq, 7-dekabrda 0-5° iliq, 8-dekabrda 3° sovuq-2° iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8-dekabrda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 6-7-dekabrda kechasi 3° sovuq- 2° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 8-dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq; Navoiy viloyatining shimolida 6-7-dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 8-dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 6-7-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 8-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, qorga aylanishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8-dekabrda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 6-7-dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 8-dekabrda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-dekabrda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-7-dekabrda 0-5° iliq, baʼzi joylarda 2° sovuqqacha, 8-dekabrda 3° sovuq-2° iliq, kechasi 6-dekabrda 5-10° iliq, 7-8-dekabrda 3-8° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 6-7-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 8-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, qorga aylanishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 8-dekabrda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 6-7-dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 8-dekabrda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 6-7-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 8-dekabrda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8-dekabrda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 6-dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 7-dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq; 8-dekabrda kechasi va kunduzi 3-8° sovuq boʻladi.