17.01.2025
Abduqodir Husanov “Manchester Siti”da tibbiy koʻrikdan oʻtmoqda


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Oʻzbekistonlik markaziy himoyachi Abduqodir Husanov ayni vaqtda Manchesterning “Siti” klubi qarorgohida tibbiy tekshiruvlardan oʻtyapti.
U Toshkent vaqti bilan soat 13:30 da koʻrikdan oʻtishga kirishgan. Futbolchining agentlari aytishicha, jarayon kamida bir necha soat vaqtni oladi.
Katta ehtimol bilan, bugun yoki yaqin bir necha kunda Husanovning transferi haqida rasmiy maʼlumot beriladi. Pep Gvardiola u bilan birgalikda yana ikki oʻyinchini sotib olgan.
O‘xshash mavzular
“Manchester Siti” “Al-Hilol”ga qarshi — Klublar o‘rtasidagi JCHning chorak final bosqichi juftliklari ma’lum bo‘ldi
“Real” va “Al-Hilol” klublar o‘rtasidagi JCH pley-off bosqichiga yo‘l oldi, “Zalsburg” esa musobaqani tark etdi
Klublar o‘rtasidagi JCH. “Manchester Siti” G guruhida “Yuventus”ni yirik hisobda mag‘lub etdi