верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Abduqodir Husanovning agenti futbolchi haqidagi mish-mishlarga nuqta qo‘ydi
02.05.2025

Abduqodir Husanovning agenti futbolchi haqidagi mish-mishlarga nuqta qo‘ydi

Abduqodir Husanovning agenti futbolchi haqidagi mish-mishlarga nuqta qo‘ydi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanovning “Barselona”ga ijaraga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum bo‘ldi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Avvalroq Ispaniyaning Carpetas Blaugranas nashri kataloniyaliklar Husanovni uzoq muddatli loyihaning asosiy qismidan biri sifatida ko‘rayotgani, klub uni bir mavsumga ijaraga olib, keyinroq to‘liq sotib olish variantini ko‘rib chiqayotgani haqida yozgandi.

Biroq futbolchining agenti G‘ayrat Hasbiullin bu boradagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi:

Menga “Barselona”dan hech kim qo‘ng‘iroq qilgani yo‘q. Bu gaplardan xabardor emasman. Klub prezidenti ham men bilan bog‘lanmagan. Bularning barchasi shunchaki mish-mish, dedi Hasbiullin Sport-Express nashriga.

Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli Abduqodir Husanov 2025-yilning yanvarida “Manchester Siti”ga o‘tgan va klub bilan 2029-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan edi. Hozirgacha u “shaharliklar” safida barcha musobaqalarda 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol muallifiga aylangan.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.