Верхний
РУ
O’Z
UZS
/
/
“Xarobadan chiqqan millioner” filmining davomi suratga olinadi
26.11.2024

“Xarobadan chiqqan millioner” filmining davomi suratga olinadi

“Xarobadan chiqqan millioner” filmining davomi suratga olinadi

“Xarobadan chiqqan millioner” filmining davomi sifatida toʻliq metrajli kinokartina va serial suratga olinishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Deadline” xabar berdi.

image

Ushbi mavsumda Sharm al-Shayxga

icon

Qayd etilishicha, ikkala loyihaga ham huquq “Bridge7” kompaniyasi tomonidan sotib olingan. Taʼkidlanishicha, filmlarda bosh qahramon Jamolning yangi sarguzashtlari hikoya qilinadi.

Denni Boyl tomonidan suratga olingan asl film 2008-yilda premyera qilingan. Syujet markazida “Kim millioner boʻlishni istaydi?” televizion oʻyinida ishtirok etayotgan Mumbaylik yetim bola (Dev Patel) edi.

Film 278 million dollar yiqqan va sakkizta yoʻnalishda Oskar mukofotini qoʻlga kiritgan. Yangi film va serialda bosh rollarni Dev Patel va Frida Pinto ijro etishi boʻyicha hozircha maʼlumot berilmagan.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.