14.04.2025
Munisa Rizayeva tashqi koʻrinishini tanib boʻlmas darajada oʻzgartirdi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Xonanda Munisa Rizayeva oʻtgan asrning 50 yillarida Yevropa xonimlari uslubida koʻrinish berdi. Muxlislar bundan hayratda.
Rizayeva tomonidan 13-aprel kuni eʼlon qilingan postga qariyb 120 ming kishi layk bosgan, 350 dan ortiq izohlar yozib qoldirilgan. Ularning aksarida obraz zoʻr chiqqani yozilgan.
“Bugungi libos nozik erkinlik muhitini yaratadigan zamonaviy aksentlarga ega klassik uslub orqali nafislik va ishonchni ifodalaydi”, deb yozadi xonanda post ostidagi izohlarda.
Xonanda oʻz soʻzini davom ettirar ekan, “Har bir lahza eslatib tursin: chinakam goʻzallik — bu ichki uygʻunlik va tashqi koʻrinishda qalb aksidir”, deya alohida qayd etib oʻtgan.