18.07.2025
Aktrisa Ra’no Shodiyeva o‘ziga yangi mashina sotib oldi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Taniqli aktrisa Ra’no Shodiyeva ko‘p yillik orzusiga erishib, yangi avtomobil xarid qildi.
Yaqinda u intervyularidan birida muxlislari bilan mashina sotib olish istagini o‘rtoqlashdi va oradan biroz vaqt o‘tgach, bu orzu amalga oshdi.
Aktrisa Deepal S07 avtomobilini xarid qilgan. U Instagram’dagi obunachilariga quvonchli xabarni ulashib, yangi xaridi aks etgan videoni joylashtirdi.
Avtomobilning narxi taxminan 60 ming dollarni tashkil etadi. Ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar aktrisani tabriklab, uning xarididan hayratda ekanini bildirmoqda.