верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
AliExpressdan foydali mayda-chuydalar: arzon va yoqimli topilmalar
19.05.2025 (yangilandi 19.05.2025)

AliExpressdan foydali mayda-chuydalar: arzon va yoqimli topilmalar

AliExpressdan foydali mayda-chuydalar: arzon va yoqimli topilmalar

Hayotingizni bezash uchun mavzu izlayapsizmi? Aynan shu maqsadda biz AliExpressda sizning kayfiyatingizni ko‘taradigan hamyonbop topilmalari to‘plamini tayyorladik.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Daraxt shaklidagi tungi chiroq

OSITE SKYdan ajoyib tungi chiroq xonangizga shinamlik va sehr qo‘shadi - iliq nur va nafis simli qurilma qorong‘ida sirli ko‘rinadi. USB yordamida ishlaydi va qo‘lda oson yig‘iladi, ixcham o‘lchami tufayli yotoqxona, bolalar xonasi yoki dam olish hududi interyeriga juda mos keladi. Xaridorlar yig‘ish sifati, yumshoq yorug‘likni maqtashadi va tungi chiroq "suratdagidan ham yaxshiroq ko‘rinishini" aytishadi.

Sotuvlar soni: 981 dona.

Umumiy baho: 4,7 ball.

Narxi: 162 275.90 UZS (oldin ̶3̶5̶2̶ ̶6̶9̶0̶.̶5̶5̶ ̶U̶Z̶S̶ edi).

Dinozavr shaklidagi choy damlagich

Yoqimtoy dinozavr ko‘rinishidagi silikonli qaynatgich nafaqat foydali buyum, balki choy ichish uchun quvnoq detal hamdir. U xavfsiz iste'mol silikonidan tayyorlangan, hidsiz, oson yuviladi va yuqori haroratga bardosh bera oladi. Xaridorlar uning a’lo sifati, tezkor yetkazib berilishini ta’kidlab, "hatto oddiy ko‘rinishda bo‘lsa-da,e’tiborga loyiqligini" e'tirof etishadi.

Sotuvlar soni: 13 dona.

Umumiy baho: 5 ball.

Narxi: 45 685.13 UZS.

Bir marta ishlatiladigan sovun

Bu ingichka xushbo‘y yaproqchalar bo‘lib, safarlar, sayohatlar va uydan tashqaridagi kutilmagan vaziyatlarda juda qo‘l keladi. Juda yengil sovun, ixcham, deyarli joy egallamaydi, hatto eng kichik sumkaga ham osongina joylashadi. Foydalanuvchilarning ta’kidlashicha, sovun tejamkorlik bilan ishlatiladi va iliq suvda yaxshi ko‘piklanadi.

Sotuvlar soni: 2416 dona.

Umumiy baho: 4,8 ball.

Narxi: 10 956.08 UZS (oldin ̶1̶6̶ ̶1̶0̶1̶.̶8̶2̶ ̶U̶Z̶S̶ edi).

Kiyim uchun termoyopishtirma

Oyda fazogir tasvirlangan vinilli termoyopishtirma - garderobga fazoviy urg‘u bermoqchi bo‘lganlar uchun. Gazlamaga dazmol yordamida oson o‘tadi, mahkam ushlaydi, yorilib ketmaydi, vaqt o‘tsa ham yorqinligini yo‘qotmaydi. Xaridorlar yorqin bosma, tartibli o‘ramni maqtashadi va stiker NASAning haqiqiy illyustratsiyasiga o‘xshashini ta’kidlashadi.

Sotuvlar soni: 778 dona.

Umumiy baho: 4,8 ball.

Narxi: 10 108.09 UZS (oldin ̶1̶7̶ ̶7̶5̶7̶.̶4̶6̶ ̶U̶Z̶S̶ edi).

Poyabzal uchun suv o‘tkazmaydigan g‘iloflar

Yomg‘irli havoda poyabzalingizni himoya qiladi, oson kiyiladi va oyoq kiyimingizga mahkam yopishadi. Ixcham, yig‘iladigan va ko‘p marta ishlatiladigan, sayohatlar va sayrlar uchun mos. Ba’zi xaridorlar o‘ramni ochishda o‘ziga xos hidni sezishadi, ammo boshqa hollarda g‘iloflar vazifani yaxshi bajaradi va haqiqatan ham suv hamda kir bo‘lishdan himoya qiladi.

Sotuvlar soni: 482 dona.

Umumiy baho: 4,5 ball.

Narxi: 35 241.73 UZS (oldin  ̶4̶4̶ ̶0̶5̶2̶.̶1̶6̶ ̶U̶Z̶S̶ edi).

Gubka uchun purkagich

Oshxona uchun haqiqiy yechim: yuqoridan bossangiz, sovun gubkangizda paydo bo‘ladi. Foydalanishda qulay, idish yuvish vositasini tejaydi va rakovinadagi tartibsizlikni nazorat qilishga yordam beradi. Xaridorlar qurilmaning ishlashidan mamnun, ammo ba’zida purkagich biroz ko‘pik bilan kelishini yozishadi.

Narxi: 5 430.57 UZS (oldin  ̶1̶2̶ ̶3̶4̶2̶.̶2̶0̶ ̶U̶Z̶S̶ edi).

Suvni tejash aeratori

Aralashtirgich uchun ZhangJi aeratori 360 darajada aylanadi va 70% gacha suvni tejash imkonini beradi. Standart aralashtirgichlarga oson o‘rnatiladi, M22 va M24 rezbali modellar uchun mos keladi. Universal va sodda.

Sotuvlar soni: 41 435 dona.

Umumiy baho: 4,7 ball.

Narxi: 14 205.97 UZS (oldin ̶2̶3̶ ̶2̶2̶1̶.̶3̶0̶ ̶U̶Z̶S̶ edi).

Poyabzal uchun silikon yumshoq tagliklar

T shaklidagi silikonli tagliklar ishqalanuvchi poyabzaldan charchaganlar uchun najotdir. Yumshoq gel material bosim va ishqalanishni kamaytiradi, terini qadoqlar va noqulaylikdan himoya qiladi. Xaridorlarning ta’kidlashicha, ular yaxshi turadi, har qanday, hatto eng qattiq poyabzallarni ham qulayroq qiladi.

Sotuvlar soni: 3 782 dona.

Umumiy baho: 4,3 ball.

Narxi: 11 610.65 UZS (oldin ̶1̶4̶ ̶4̶7̶9̶.̶1̶6̶ ̶U̶Z̶S̶ edi).

Avtomatik ravishda bog‘lanadigan poyabzal bog‘ichi

Buraluvchi to‘qa yordamida ularni tezda kiyish va yechish mumkin, bu esa bolalar, keksalar va sportchilar uchun juda mos keladi. Poyabzalni ishonchli bog‘laydi va har qanday ko‘rinishga ham zamonaviy urg‘u beradi.

Sotuvlar soni: 197 dona.

Umumiy baho: 4,6 ball.

Narxi: 23 494.49 UZS (oldin ̶5̶1̶ ̶2̶2̶3̶.̶4̶5̶ ̶U̶Z̶S̶ edi).

Telefon uchun magnitli tutqich

Havo quvuriga osongina o‘rnatiladi va telefonni kuchli magnitlar yordamida mahkam ushlab turadi. Uzoq muddatli yetkazib berish va  o‘ramidagi ayrim kamchiliklariga qaramay, xaridorlar sifat va funksionallikdan mamnun, shuningdek, buyumni yaxshi tutib turishi va foydalanishdagi qulaylik uchun tavsiya etadilar.

Sotuvlar soni: 36 080 dona.

Umumiy baho: 4,6 ball.

Narxi: 104 359.25 UZS (oldin ̶1̶5̶5̶ ̶7̶1̶9̶.̶3̶0̶ ̶U̶Z̶S̶ edi).

AliExpress orqali O‘zbekistonga qanday buyurtma berish mumkin

Mahsulotga buyurtma berish uchun nima qilish kerak:

1) Agar hali ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, saytda ro‘yxatdan o‘ting.

2) Saytni o‘zingizga moslashtiring: mamlakat, til va valyutani tanlang.

3) Mahsulotlarni tanlang va ularni savatchaga qo‘shing.

4) Buyurtmani rasmiylashtirish sahifasiga o‘ting. Ilgari qilmagan bo‘lsangiz, yetkazib berish manzilini kiriting. To‘ldirilgan ma’lumotlarni tekshirib ko‘ring.

5) Xarid qilmoqchi bo‘lgan mahsulotingiz ro‘parasiga belgi qo‘ying.

6) Tovar haqini to‘lang. O‘zbekistonga yetkazib berishda HUMO, UzCard va MasterCard kartalari qabul qilinadi.

Barcha narxlar va chegirmalar mazkur matn chop etilgan qilingan vaqtda amal qiladi (2025-yil 18-may).

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.