O‘zbekistonda haftaning ikkinchi yarmida: 11–14-sentyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?


“O‘zgidromet” 11–14-sentyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 11 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 12 sentyabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 13 sentyabrda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 14 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-13 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 11-12 sentyabrda 12-17°, 13-14 sentyabrda 8-13°, kunduzi 11 sentyabrda 25-30°, 12 sentyabrda 22-27°, 13-14 sentyabrda 20-25° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-13 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 11-12 sentyabrda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°; 13 sentyabrda kechasi 15-20°, kunduzi 28-33°; 14 sentyabrda kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-13 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 11 sentyabrda 28-33°, 12-13 sentyabrda 30-35°, 14 sentyabrda 27-32° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-13 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 11-12 sentyabrda kechasi 17-22°, kunduzi 33-38°; 13 sentyabrda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°; 14 sentyabrda kechasi 15-20°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 11-13 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 11-13 sentyabrda 25-30°, 14 sentyabrda 27-32° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 11-13 sentyabrda 22-27°, 14 sentyabrda 19-24° bo‘ladi.