верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Munisa Rizayeva allergiya tufayli oʻlim bilan yuzma-yuz keldi
21.04.2025

Munisa Rizayeva allergiya tufayli oʻlim bilan yuzma-yuz keldi

Munisa Rizayeva allergiya tufayli oʻlim bilan yuzma-yuz keldi

Xonanda Munisa Rizayeva 20-aprel, yakshanba kuni notoʻgʻri ovqatlanish ortidan oʻlim bilan yuzma-yuz kelgani haqida soʻzlab berdi.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

Sanʼatkorning taʼkidlashicha, dam olish kuni kechqurun qon bosimi koʻtarilib, qayd qilishni boshlagan. Koʻzlari oqarib, koʻrish qobiliyati pasayib ketgan.

Shundan soʻng unga tez yordam chaqirilib, birinchi tibbiy xizmat koʻrsatilgan. Rizayeva 21-aprel kuni sogʻligʻidagi oʻzgarishlarga baho berish uchun shifoxonaga bordi.

Mutaxassisning bildirishicha, xonandada bir qator mahsulotlar isteʼmolida allergiya bor. Shu bois u endilikda kuchli diyetada oʻtirishi zarur.

“Juda ham qoʻrqib ketdim. Shu bilan bu yorugʻ dunyoni tark etaman, deb oʻyladim. Oʻzimdan ham koʻproq jajji farzandimni oʻyladim. Hech kim bunday dardni tilamayman”, — deydi ijodkor.

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.