Верхний
РУ
O’Z
UZS
/
/
Bahodir Jalolovning Kanadadagi jangi bekor qilindi
06.02.2025

Bahodir Jalolovning Kanadadagi jangi bekor qilindi

Bahodir Jalolovning Kanadadagi jangi bekor qilindi

Oʻzbekistonlik bokschi Bahodir Jalolovning 6-fevral kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan jangi bekor qilindi. Bu haqda sportchi oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida maʼlum qildi.

image

Ushbi mavsumda Sharm al-Shayxga

icon

Kanadaning Monreal shahrida tashkil etilishi kerak boʻlgan professional boks oqshomida Bahodir Jalolov superogʻir vazn toifasida fransiyalik Devid Spilmont bilan ringga chiqishi lozim edi. Ammo shifokorlar sportchining jangda ishtirok etishiga ruxsat bermadi.

Jalolovning soʻzlariga koʻra, juda arzimas sabab tufayli jang bekor qilingan. Uchrashuvga tayyor boʻlishiga qaramay, komissiya unga ruhsat bermagan. Sportchining bolaligidan boshlab, har safar boshqa davlatga uchganida yoki havo almashganida shunday muammo yuzaga kelishi aytib oʻtildi.

Bahodir Jalolov ushbu jangga AQSHning Indio shahrida tayyorgarlik koʻrgan edi. Uning professional faoliyatidagi statistikasi 14 ta jang va ularning barchasida nokaut bilan gʻalaba qozongan.

Uning soʻnggi jangi 2023-yilda Toshkentda boʻlib oʻtgan boʻlib, u Janubiy Afrikalik Kris Tompsonni ilk raundda magʻlubiyatga uchratgandi. Jalolovning raqibi Spilmont esa 2024-yilda oʻzining soʻnggi jangida Artem Charniakevichni toʻrtinchi raundda nokautga uchratgan.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.