“Bir kuni Samarqandda” filmi premyerasi boʻlib oʻtadi


Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida Kinematografiya agentligi va Qirgʻiziston Kinematografiya departamenti hamkorligida suratga olingan “Bir kuni Samarqandda” badiiy filmining katta premyerasi boʻlib oʻtadi.
Filmda Samarqandga Amir Temur davri yodgorliklarini olib kelgan uch nafar tarixchi (oʻzbek, qirgʻiz, qozoq)lar haqida hikoya qilinadi. Kinokartina qahramonlari nomaʼlum shaxslar tomonidan oʻgʻirlangan bebaho eksponatlarni qaytarishni maqsad qilishadi va jinoyatchilarning izidan tushishadi.
Nayzabek Sidiqov rejissyorligidagi filmda rollarni Muhammadiso Abdulxairov, Sayfiddin Meliyev, Nurbek Esengazi, Aysanat Edigeyeva kabi aktyor va aktrisalar ijro etgan.
Film premyerasi 29-mart kuni soat 15:00 da boʻlib oʻtadi.