Bahodir Jalolovning raqibi kim ekani ma’lum bo‘ldi


Avvalroq o‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov 5-aprel kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida ringga ko‘tarilishi haqida xabar berilgan edi. Ammo ikki karra Olimpiya chempionining raqibi kim ekani oshkor qilinmadi.
Ma’lum bo‘lishicha, Jalolov ukrainalik bokschi Igor Shevadzutskiyga qarshi ringga ko‘tariladi. Bu haqida Sportilinet nashri xabar berdi.
Igor Shevadzutskiy professional boksda 14 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ulardan 12 tasida g‘alaba qozongan. Ta’kidlash kerakki, u ushbu g‘alabalarning 10 tasini nokaut evaziga qo‘lga kiritgan. Bahodir Jalolov ham prof boksda 14 ta jang o‘tkazib, ularning barchasini muddatidan oldin g‘alaba bilan yakunlagan.

Jalolovning 6-fevral kungi fransiyalik David Spilmontga qarshi jangi bekor qilingan edi. Shu bois, hu bois o‘zbekistonlik bokschining Qozog‘istondagi jangi jamoatchilik qiziqishini oshirmoqda.
Ma’lumot uchun, jang 5-aprel kuni Ostonadagi “Baris arena”da o‘tkaziladi.