верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Bahodir Jalolovning profboksdagi navbatdagi raqibi maʼlum boʻldi
29.11.2024

Bahodir Jalolovning profboksdagi navbatdagi raqibi maʼlum boʻldi

Bahodir Jalolovning profboksdagi navbatdagi raqibi maʼlum boʻldi

Oʻzbekistonlik chempion fransiyalik Devid Spilmont bilan bahslashadi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

2025-yil 6-fevral kuni Kanadaning Monreal shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi. Unda superogʻir vazn toifasida Bahodir Jalolov ham ringga koʻtariladi. Unga fransiyalik Devid Spilmont raqiblik qiladi, deb xabar berdi Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi.

Bahodir Jalolov professional boksdagi faoliyati davomida hozirga qadar 14 ta jang oʻtkazib, barchasida gʻalaba qozongan. Soʻnggi jangini 2023-yil 17-noyabr kuni Toshkentda JAR vakili Kris Tompsonga qarshi oʻtkazib, ilk raunddayoq nokaut orqali zafar quchgandi.

Uning boʻlajak raqibi Devid Spilmont shu kungacha 27 ta jang oʻtkazib, 16 gʻalaba, 8 magʻlubiyat va 1 ta durang qayd etgan. Gʻalabalarining 11 tasini nokaut orqali qoʻlga kiritgan. Boks oqshomida oʻzbekistonlik Artur Biyarslanov va fransiyalik Muhammad Mimun oʻrtasida ham jang boʻlib oʻtadi.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.