1
РУ
O’Z
UZS
/
/
“Bizning so‘nggimiz” seriali to‘rt mavsum davom etishi ma’lum qilindi
20.05.2025

“Bizning so‘nggimiz” seriali to‘rt mavsum davom etishi ma’lum qilindi

“Bizning so‘nggimiz” seriali to‘rt mavsum davom etishi ma’lum qilindi

“The Last of Us” shouranneri Kreyg Meyzin to‘rtinchi mavsumdang so‘ng serialni yakunlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda u “Collider” bilan suhbatda ma’lum qilgan.

Ikkinchi fasl yettita qismdan iborat bo‘ldi va birinchi mavsumdan farqli o‘laroq, xuddi shu nomdagi o‘yinning voqealarini to‘liq qamrab olmadi. Meyzin o‘yin ssenariysida “tabiiy uzilishlar” borligini ta’kidladi. Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, jamoa Joyel va Elli atrofidagi dunyo haqida iloji boricha ko‘proq ma’lumot berish niyatida.

Shuningdek, uning ta’kidlashicha, serial voqealarini uch mavsumda yakunlashning iloji yo‘q.

“Albatta, hikoyani yakunlash uchun uch mavsum yetarli bo‘lmaydi. Umid qilamanki, biz qaytishimiz va to‘rtinchi mavsumda barchasini yakunlashimiz uchun yetarlicha pul ishlab olamiz. Bu eng ishonarli choralardan biri”, — dedi Kreyg Meyzin.

HBO kanali rasman faqat uchta mavsum uchun buyurtma bergan. “The Last of Us” 2013-yilda chiqarilgan xuddi shu nomdagi video o‘yinga asoslangan. Serialdagi rollarni Pedro Paskal, Bella Remzi, Keytlin Diver va boshqalar ijro etgan.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.