01.11.2025
Aktrisa Luiza Rasulova yaltiroq libosda o‘z qomatini namoyish etdi
Muallif
Shohzamon Shuhratov
Mashhur aktrisa Luiza Rasulova Instagram`da yangi video joylab, yana muxlislarining e’tiborini tortdi. Kino yulduzi ajoyib yaltiroq yopinchiqli libosda o‘z qomatini ko‘z-ko‘z qildi.
Luiza muxlislari bilan bo‘lishgan kadrlarda u yaltiroq yopinchiqli ko‘ylakda namoyon bo‘lib, baland poshnali tuflilar bilan obrazini to‘ldirdi.
Aktrisa sochlarini yig‘ishtirib, nafis turmakladi. Bu obraz uning muxlislari orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Luiza Rasulova mashinasini g‘ayrioddiy rangga bo‘yadi. Bu haqda batafsil ma’lumotni bu yerda o‘qishingiz mumkin.