Gay Richining “Jentlmenlar” seriali ikkinchi mavsumining suratga olish ishlari boshlandi


Netflix “Jentlmenlar” serialining ikkinchi mavsumi anonsini e’lon qildi. Buyuk Britaniyada Gay Richining yangi qismlarini suratga olish ishlari allaqachon boshlanib ketdi.
“Jentlmenlar” seriali Richining 2019-yildagi shu nomdagi filmiga asoslangan. Ko‘rsatuv o‘tgan yil bahorida efirga chiqib, tanqidchilarning yuqori bahosini oldi. Syujetga ko‘ra, aristokrat Eddi (Teo Jeyms) otasidan katta mulkni meros qilib oladi. Keyinchalik u ushbu mulk marixuana yetishtirishning yirik markaziga aylanganini aniqlaydi.
Serialda shuningdek, Kaya Skodelario, Jankarlo Esposito, Vinni Jons, Joyeli Richardson, Piter Serafinovich, Rey Uinston va boshqalar ham rol ijro etishgan. Richi o‘zi ham moslashtirilgan ssenariyni yozgan va birinchi qismni sahnalashtirganlik uchun “Emmi” mukofotiga nomzod bo‘lgan.
Ikkinchi mavsumda sakkizta qism rejalashtirilgan. Aniq chiqish sanasi keyinroq e’lon qilinadi.