верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Blober Ruxsora Em kelajakda 5 ta farzand ko‘rishni orzu qilmoqda
14.05.2025

Blober Ruxsora Em kelajakda 5 ta farzand ko‘rishni orzu qilmoqda

Blober Ruxsora Em kelajakda 5 ta farzand ko‘rishni orzu qilmoqda

Mashhur o‘zbek blogeri Ruxsora Em o‘zining Instagram sahifasida kelajak rejalari haqida so‘z yuritdi.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

Muxlisining "Bo‘lajak turmush o‘rtog‘ingiz qanchalik baxtli bo‘ladi?" degan savoliga Ruxsora ishonch bilan shunday javob berdi: "Bo‘lajak turmush o‘rtog‘im, albatta, omadli bo‘ladi. Buning ko‘plab sabablari bor, lekin ulardan biri — u o‘z xohishi bilan 5 ta farzand ko‘rishni istaydigan ayolni qayerdan topardi?"

Obunachilari turlicha munosabat bildirdilar. Ko‘pchilik uning qarorida qat’iy turishiga shubha bildirib, birinchi farzandidan so‘ng fikri o‘zgarishi mumkinligini ta’kidlashdi. Biroq Ruxsora Em shunday dedi: "Bunday izohlarning ko‘pligi meni xavotirga solmoqda.

Qizlar, bu qiyin ekanligini juda yaxshi tushunaman, lekin dunyomizga iste’dodli va go‘zal bolalar kerak. Shuning uchun ajoyib o‘g‘il-qizlar dunyoga keltirish mening burchim. Barcha qiyinchiliklarga qaramay, men ularni sevaman!"

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.