24.10.2025
Bloger Sevisha ilk bor onalik baxtiga muyassar bo‘ldi
Muallif
Shohzamon Shuhratov
Mashhur bloger Sevisha ilk bora farzandli bo‘ldi. U bu quvonchli xabarni Instagram sahifasida e’lon qilib, muxlislarini xursand qildi.
“Mama Boss”, deya post qoldirdi bloger. Ilgari Sevisha o‘g‘il ko‘rganini ma’lum qilgandi. Ammo bloger hali chaqalog‘ining ismini sir saqlamoqda, qiziqishni oshirmoqda.
Muxlislar, do‘stlar va hamkasblari izohlar bo‘limida Sevishani samimiy tabriklab, chaqaloq va uning ota-onasiga baquvvat sog‘lik tilashmoqda.