07.10.2025
“Yirtqich: Cho‘l-biyobon” filmining yangi treyleri e’lon qilindi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Internetda “Yirtqich: Cho‘l-biyobon” filmining so‘nggi treyleri paydo bo‘ldi. Film AQShda 7-noyabrdan namoyish etiladi.
Filmda bosh rolni El Fanning ijro etgan. Rejissyorlik vazifasini Den Traxtenberg ("O‘lja" filmi muallifi) bajargan.
Voqealar kelajakda noma’lum sayyorada kechadi: android (Fanning) umumiy dushmanga qarshi kurashish uchun Yirtqich bilan ittifoq tuzadi.
“Cho‘l-biyobon” ssenariysi ustida Patrik Eyson ishlagan. Arnold Shvarsenegger ishtirokidagi asl “Yirtqich” filmi 1987-yilda ekranlarga chiqqandi.