“Formula-1” va Bred Pitt ishtirokidagi har bir kishi ko‘rishi kerak bo‘lgan filmlar


Bosh rolni Bred Pitt ijro etgan “Formula-1” filmi prokatga chiqqanining dastlabki 3 kunida $144 million daromad olib, Apple kompaniyasining birinchi yirik kassabop xitiga aylandi. Filmda Pitt avtopoyga chempioni Sanni Xeys rolini ijro etadi. U iste’dodli yangi haydovchi uchun ustozga aylanadi. Har bir kishi ko‘rishga arziydigan Bred Pitt rol o‘ynagan yana qanday filmlar borligi haqida gaplashamiz.
F1 (2025)
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Yetti / Seven (1995)
Jinoyat trilleri bo‘lib, unda nafaqaga chiqish arafasidagi jinoyat tergovchisi katta shahardagi gunohlardan qochmoqchi bo‘ladi. Biroq oxirgi 7 kun ichida u yangi hamkori — yosh tergovchi Mills va shafqatsiz qotillik ishi bilan duch keladi. U o‘zining kuchli zehni va ulkan tajribasi bilan uni shu kabi ketma-ket jinoyatlar seriyasi kutayotganini darhol tushunadi.
Tanishing, Jo Blek / Meet Joe Black (1998)
Bred Pitt va Entoni Xopkins ishtirokidagi dramatik film. Boy magnat Uilyam Perrish hayotida O‘lim paydo bo‘ladi – yo‘q, qo‘lida maxsus o‘roq bilan emas, balki chiroyli yigit Jo Blek qiyofasida. U holdan toygan va zerikkan, shuning uchun Perrish bilan kelishuv tuzadi: Perrish tiriklar dunyosida unga yo‘l ko‘rsatadi, so‘ng esa O‘lim uni qiynamasdan, oson olib ketadi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Jang klubi / Fight Club (1999)
Film Gay Richining sug‘urta agenti haqida bo‘lib, surunkali uyqusizlikdan aziyat chekayotgan agent bir kuni Tayler Derden ismli sovun sotadigan bir g‘ayrioddiy odam bilan tanishadi. Tayler hayotga mutlaqo boshqacha qaraydi: o‘zini rivojlantirish – zaiflar uchun, hayot esa o‘zini yo‘q qilish uchun. Ana shu tushunchaga asoslangan holda ular yashirin va qonli “Jang klubi”ni tuzishga qaror qilishadi.
Katta o‘lja / Snatch (2000)
Madonnaning sobiq eri Gay Richining yana bir filmi. Bu safar hikoya Franki “To‘rt Barmoq” laqabli yigit haqida. U o‘g‘irlangan olmosni boshlig‘iga yetkazishi kerak edi, biroq u bu qimmatbaho toshni boks jangiga tikadi – va natijada jinoyatchilar dunyosini bo‘ron qiladi. U va olmos atrofida jinoiy Londonning eng yorqin qahramonlari ishtirokida: rus gangsteridan tortib norozi gromila mafiozigacha fitna boshlandi. Har kimning maqsadi bitta – katta o‘ljani qo‘lga kiritish.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Oushenning 11 do‘sti / Ocean’s Eleven (2001)
Jinoyatchi Denni Oushen qamoqdan chiqib, darhol Las-Vegasdagi eng qiyin kazino o‘marish rejasi ustida ish boshlaydi. Profi Vegasdagi 3 ta mashhur kazinodan 160 million dollarni umarishni maqsad qilgan. Bu kazinolarning egasi – qattiqqo‘l Terri Benedikt. Aynan u Oushenning sobiq rafiqasi Tessi bilan uchrashishni orzu qiladi. Oushen esa eng zo‘r 11 kishilik jamoani to‘plab, hayoti evaziga o‘ta jasur rejani amalga oshirmoqchi.
Troya / Troy (2004)
Miloddan avvalgi 1193 yil. Pariz Sparta shohi rafiqasi – go‘zal Yelenani o‘g‘irlab ketadi. Uning sharafiga ukasi – qirol Agamemnon urush e’lon qiladi. Troya qamal qilinadi, urush 9 yil davom etadi. Ikki dunyo shon-shuhrat, g‘urur va muhabbat uchun kurashadi – hatto butun millat halok bo‘lsa ham.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Janob va xonim Smit / Mr. & Mrs. Smith (2005)
Bred Pitt va Anjelina Joli ishtirokidagi film. Jon va Jeyn Smit – turmush qurib, bir-biridan zerikkan er-xotin. Ammo ular bir-birlarining haqiqiy kasblarini – yollanma qotil ekanini bilishmaydi. Bir kuni esa sir fosh bo‘ladi: Jon Jeynni o‘ldirishi kerak, Jeyn esa Jonni...
Benjamin Battonning g‘aroyib taqdiri / The Curious Case of Benjamin Button (2008)
Pitt bu filmda 80 yoshli qariya qiyofasida tug‘ilgan, keyin esa yosharib boruvchi erkak rolini o‘ynaydi. Uning hayoti 1918 yilda, Birinchi Jahon urushi so‘ngida boshlanadi va hozirgi davrgacha yetadi. Film noyob odamning taqdiri, uning atrofidagi odamlar va voqealar, hayot, o‘lim, muhabbat, xotiralar va insoniy qadriyatlar haqida.
Manfur kimaslar / Inglorious Basterds (2009)
Bred Pitt ishtirokidagi yana bir mashhur film — bu safar rejissyor Kventin Tarantinodan. Voqealar Ikkinchi jahon urushi davrida, Fransiyaning bosib olingan hududida kechadi. Bu yerda juda g‘ayrioddiy holat yuz beradi: oddiy yahudiy-amerikalik askarlar guruhi natsist nemislar orasida qo‘rquv uyg‘otadi. Ular dushmanlarini shafqatsizlarcha o‘ldiradi va hatto ularning bosh terilarini oladi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

12 yil qullikda / 12 Years a Slave (2013)
Ozodlik narxi haqida tarixdagi eng kuchli filmlardan biri. Fuqarolar urushi oldidan AQSh. Solomon Nortap ismli namunali oila boshlig‘i Nyu-Yorkda tinchgina yashaydi va ishlaydi. Bir kuni u Vashingtonga ish taklifini oladi, lekin borganidan so‘ng uni o‘g‘irlab ketishadi — va endi u 12 yil davomida azobli qullikka mahkum bo‘ladi.
Bir zamonlar… Gollivudda / Once Upon a Time in… Hollywood (2019)
Tarantino va Pitt yana birga ishlagan film. Syujet haqiqiy voqealarga asoslangan. 1969-yil, Gollivudning “oltin davri” yakunlanmoqda. Sobiq mashhur aktyor Rik Dalton va uning kaskadyori Kliff But o‘z o‘rnini saqlab qolishga harakat qiladi. Bu orada esa o‘sha yillardagi eng dahshatli jinoyatlardan biri yuz beradi.
O‘qdan tez / Bullet Train (2022)
“Xonqizi” laqabli yollanma qotil navbatdagi topshiriqni bajaradi: kasal bo‘lib qolgan hamkasbi o‘rniga Tokiogacha bo‘lgan tezyurar poezdga chiqib, kichkina chamadonni olib, oraliq bekatda tushib ketishi kerak. Boshida bu osondek tuyuladi, ammo tez orada u poezd ichida har xil darajadagi qotillar bilan to‘la ekanini tushunadi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Vavilon / Babylon (2022)
1926-yil, Gollivud. Mashhur prodyuser uyida o‘tkazilgan ziyofatda bir ofitsiant yigit va yangi boshlayotgan aktrisa tanishib qoladi. Bu tun ular uchun burilish nuqtasiga aylanadi: Nelli suratga tushishga taklif qilinadi, Menny esa so‘zsiz kino yulduzi Jek Konradga yordamchi bo‘ladi. Ikkalasi ham kinoning sehrli dunyosiga sho‘ng‘iydi. Bu orada texnologiyalar ham rivojlanmoqda — ovozli filmlar modaga kiradi.