Botir Qodirov kutilmagan katta yangilikni eʼlon qildi


Xonanda Botir Qodirov qurilish sohasiga qadam qoʻyganini maʼlum qildi. U turkiyalik sarmoyadorlar bilan birgalikda Toshkentda turar-joy majmuasi barpo etmoqda.
Maʼlum qilinishicha, Bashkent deb nomlangan majmua qurilishi allaqachon boshlangan. Xonadonlar sotuvi esa 22-fevral kuni boshlanadi. Bunda katta aksiya boʻlishi kutilmoqda.
Loyiha 20 gektar maydonda qad rostlamoqda. Unda 7 gektar yer yashil hududga aylantirilishi koʻzda tutilgan. Ayni vaqtda 8 ta blokda qurilish ishlari boshlab yuborilgan, deydi xonanda.
Taʼkidlanishicha, xonadonlar narxi 1 kv/m uchun 600 dollardan 1000 dollargacha baholanmoqda. Bularning barchasi mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida qilingani aytiladi video davomida.