Верхний
РУ
O’Z
UZS
/
/
Buyuk Britaniya oʻzbekistonliklar uchun mavsumiy ishlarga kvotalar sonini oshiradi
27.01.2025

Buyuk Britaniya oʻzbekistonliklar uchun mavsumiy ishlarga kvotalar sonini oshiradi

Buyuk Britaniya oʻzbekistonliklar uchun mavsumiy ishlarga kvotalar sonini oshiradi

Migratsiya agentligi mamlakatning rekruting operatorlari bilan nomzodlarni topish va imtihonlarni shaffof tashkil etishga kelishib oldi.

image

Ushbi mavsumda Sharm al-Shayxga

icon

Oʻzbekiston Buyuk Britaniyaning rekruting kompaniyalari bilan mavsumiy ishlarga kvotalar sonini oshirishni koʻrib chiqmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Agentlik bilan Xalqaro migratsiya tashkiloti (MOM), Buyuk Britaniyaning “Seasonal Workers Scheme” (SWS) loyihasi doirasida faoliyat yurituvchi rasmiy operatorlar va ularning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi ALP (Ishchi kuchi yetkazib beruvchilar assotsiatsiyasi) hamda GLAA (Mehnat huquqlarini himoya qilish boʻyicha tashkilot) oʻrtasida muloqot oʻtkazildi.

Unga Oʻzbekistonning ikkita hamkor kompaniyasi bilan birga mamlakatning “Agri-HR-Ltd”, “Fruitful jobs LTD” hamda “Concordia Charity” kabi yangi rekruting tashkilotlari rahbarlari jalb qilindi.

Tomonlar Buyuk Britaniyadagi mavsumiy ishlarga oʻzbekistonliklarni jalb qilish mexanizmlarini muhokama qildi. Bunda nomzodlarni topish, saralash hamda imtihon jarayonlarini shaffof tashkil qilish muhimligi qayd etildi.

Agentlik rahbariyati Oʻzbekiston bilan ishlash istagidagi Angliyaning barcha rekruting operatorlari bilan shartnoma tuzib, fuqarolar uchun ajratiladigan kvotalar sonini koʻpaytirishga kelishib oldi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.