верхний лего
РУ
O’Z
UZS
/
/
Rossiyadagi patent imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyati yaratildi
26.02.2025

Rossiyadagi patent imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyati yaratildi

Rossiyadagi patent imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyati yaratildi

Foydalanuvchilar namunaviy test sinovlari orqali rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha bilimlarini bepul baholashlari mumkin.

Migratsiya agentligi Rossiyada vaqtincha ishlash uchun ruxsatnoma olishga tayyorlovchi platformani ishga tushirdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Mamlakatda patent olishning asosiy shartlaridan biri bu rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligiga oid testlardan muvaffaqiyatli o‘tish hisoblanadi.

Platforma Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borish istagida bo‘lgan fuqarolarga imtihonlarga tayyorlanish imkonini beradi.

Buning uchun namunaviy sinov testlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular yordamida rus tili bo‘yicha bilimlarni baholash hamda imtihon savollari bilan tanishish mumkin.

Bundan tashqari test natijalari asosida qayta tayyorgarlik ko‘rish mumkin bo‘ladi. Xususan, platformada quyidagilar bo‘yicha test namunalari keltirilgan:

  • eshitib tushunish;
  • o‘qish va yozish;
  • leksika va grammatika;
  • Rossiya tarixi;
  • Rossiya qonunchiligi asoslari.

Olti bosqichli testlardan o‘tgach, foydalanuvchilarga to‘g‘ri javoblar taqdim etiladi.

Platformadan havola orqali bepul foydalanish mumkin.

Bu qiziq

"Aliekspress"da LEGO analoglari sotilmoqda
"Aliekspress"da LEGO analoglari sotilmoqda
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.