01.10.2025
Durdona Qurbonova qachon turmushga chiqishi haqidagi savolga javob berdi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Mashhur aktrisa Durdona Qurbonova muxlislari tomonidan tez-tez so‘raladigan savol — qachon turmushga chiqishni rejalashtirayotgani haqida o‘z fikrini bildirdi.
U bu haqda Instagram sahifasidagi obunachilariga ma’lum qildi. Aktrisa story joylab, muxlislarining savollariga birin-ketin javob bergan.
“Inshaalloh, taqdir taqozo etgan kun kelganda, menga nasib etgan insonga turmushga chiqsam, albatta bu haqda xabar beraman”, — dedi aktrisa.
Bu voqea inson ixtiyoridan tashqarida ekanligini ta’kidlab, u yana qo‘shimcha qildi: “Bu Alloh belgilab qo‘ygan kunda sodir bo‘ladi — bu hech kimning qo‘lida emas”.