Shahzoda: o‘zbek yulduzi musiqasi, eng yaxshi kliplari va filmlari
Xonanda Shahzoda nafaqat jozibador go‘zallikka, balki o‘ziga xos serqirra iste’dodga ham ega. San’atkor nafaqat musiqada, balki kinematografiyada ham o‘zini sinab ko‘rgan. Shahzodaning qaysi qo‘shiqlari eng ommabop, videokliplari esa eng ko‘p ko‘rilgan? O‘zbekiston yulduzi qanday filmlarda paydo bo‘ldi?
Shahzoda - musiqa
Xonandaning muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda qo‘shiqchining o‘sha, sevimli trekini tanlashda qiynalayotganliklarini tan olishadi. Shahzodaning musiqasi shu qadar ohangdor, matnlari shunchalik ta’sirchanki, tinglovchilar uning ijodiga mutlaqo maftun bo‘lib qoladilar.
Bunga ajablanmasa ham bo‘ladi, chunki u bolaligidan musiqaga oshno bo‘lgan. Shahzoda Kiyev xalqaro davlat universitetida (menejment fakulteti) o‘qishni tugatmay turib, u butunlay musiqaga mashg‘ul bo‘ladi. Dastlab u “Jonim” guruhida kuylaydi va 2001-yilda yakkaxon xonanda sifatida o‘z faoliyatini boshlaydi.
2003-yilda Shahzoda birinchi yakkaxon konsertini berdi va DJ Smash bilan birga “Osmon va yer o‘rtasida” deb nomlangan eng mashhur qo‘shiqlaridan birini yozdi. Keyin Akcent bilan hamkorlik qildi va “All alone” qo‘shig‘i yaratildi. Shahzoda fransiyalik didjey Sean Bay bilan ishlagan va buni o‘zining shaxsiy yutug‘i deb biladi. Yulduzning marhum turmush o‘rtog‘i Ravshan Yuldashev esa uning uchun “To‘rt qadam” xitini va “Sevgi bor” albomini yaratgan.
Ammo shunga qaramay (tarmoqdagi xit-paradlarga ko‘ra), quyidagilar Shahzodaning eng yaxshi qo‘shiqlari bo‘lib qolmoqda:
Hayot ayt
Между небом и землей
Ket
Kechalar
Chayxana
Shaxzodaning kliplari. YouTubeda tomosha qilingan eng yaxshi 5 ta klipi
Sog‘inib
Ket (Shoxrux bilan)
Yomg‘ir
Ayrilamiz
Между небом и землей (DJ Smash bilan birga)
Shaxzoda kinoda
Sarvinoz (2004)
Shahzoda “Sarvinoz” filmida bosh rolni ijro etgan. Uning qahramoni - yosh advokat va ayollar uchun sevimli bo‘lgan Odilga oshiq aqlli, o‘zini hurmat qiladigan qiz. Shunda o‘yinga ota-onasi: boy va nufuzga ega otasi va uning sevgilisining romantik otasi kirishadi.
Fotima va Zuhra (2005)
Shahzoda ham o‘ynagan kriminal triller. Syujet Zuhra ismli qahramonning tarixiga asoslanadi. U zo‘rlanganidan keyin o‘z joniga qasd qilgan singlisi uchun qasos olishga qaror qiladi. Murakkab mavzuga qaramasdan, qiziqib tomosha qilinadigan film.
Zumrad va Qimmat (2007)
Shahzoda filmografiyasidagi yana bir muhim rol ota, ona va qizidan iborat baxtsiz oila haqidagi filmdir. Erkakning xotini vafot etib, o‘zidan faqat uning fotosuratigina qolgan. Hashamatli uy va to‘kin-sochinlik anchadan beri oila a’zolariga quvonch keltirmaydi va shunda hayot ularning turmushiga yovuz o‘gay ona timsolida yangi sinovni taqdim etadi.
Nafs (2011)
Shahzoda bilan tilaklar mavzusi ochiladigan “O‘zbekfilm” komediyasi. Aniqrog‘i, ular bilan ehtiyotkor bo‘lish kerak. Nufuzli hayot va boylik yaxshi bo‘lsa-da, lekin baxt kafolati emas. Asosiysi inson bo‘lib qolish, o‘z-o‘zi va dunyo bilan uyg‘unlikda yashash. Shunda tog‘dagi eng kichkina, lekin qadrdon qishloq ham koinot markaziga aylanadi.
О Маryam, Маryam (2012)
Shahzodaning kinodagi so‘nggi rollaridan biri Maryam ismli qiz haqidagi melodramadir. U turmush o‘rtog‘i Erkinni telbalarcha yaxshi ko‘radi va o‘zini baxtli ayol deb hisoblaydi. Lekin u farzand ko‘ra olmaydi va shunda uning eri ichishni boshlaydi. O‘zini nomukammal his qilgan Maryam yaqin dugonasiga Erkinni baxtli qilish uchun unga turmushga chiqishni taklif etadi. Shu bilan birga, uni tashlab ketmoqchi ham emas.