верхний лего
РУ
O’Z
UZS
/
/
Ed Shiran “Azizam” treki va unga ishlangan klipni eʼlon qildi
08.04.2025 (yangilandi 09.04.2025)

Ed Shiran “Azizam” treki va unga ishlangan klipni eʼlon qildi

Ed Sheeran “Azizam” treki va unga ishlangan klipni eʼlon qildi

4-aprel kuni xonanda Ed Shiran “Azizam” qoʻshigʻi va unga ishlangan klipni eʼlon qildi.

“Biz uni (klipni) shu oy qoʻshiq reklamasi paytida butun AQSH (va qisman Ipsvich) boʻylab suratga oldik. Qayerga borsak ham, hamma joyda ajoyib muhit mavjud edi va men buni videoda aks ettirmoqchi boʻldim.

Liam Petikka bor kuchini sarflagani va bu videoni shunchalik ajoyib tarzda ishlagani uchun, shuningdek, pushti yuraklarni koʻrish uchun butun dunyodan kelgan barcha muxlislarga minnatdorchilik bildiramiz”, — dedi Ed.

Qoʻshiq Savan Kotecha, Johnny McDaid, Ilya Salmanzadeh va Ed Shiran tomonidan yozilgan. Trekni Apple Music, Spotify, Yandex Music va boshqa platformalarda tinglash mumkin.

Shiran qoʻshiqni uch hafta oldin Yangi Orlean koʻchalarida, Fransiya kvartalida joylashgan “Soul Rebels” cholgʻu guruhi hamrohligidagi kutilmagan chiqishi paytida ilk bor ijro etgan.

Yangi singl Edning sakkizinchi “Play” nomli studiyaviy albomining birinchi treki hisoblanadi. Qayd etilishicha, albom premyerasi 2025-yilning oxiriga belgilangan.

Bu qiziq

"Aliekspress"da LEGO analoglari sotilmoqda
"Aliekspress"da LEGO analoglari sotilmoqda
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.