верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Toshkent metrosining “Turon” va “Qipchoq” bekatlari 8-iyundan vaqtincha yopiladi
01.06.2025

Toshkent metrosining “Turon” va “Qipchoq” bekatlari 8-iyundan vaqtincha yopiladi

Toshkent metrosining “Turon” va “Qipchoq” bekatlari 8-iyundan vaqtincha yopiladi

Toshkent metrosining “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishidagi “Turon” va “Qipchoq” bekatlari vaqtincha ishlamaydi, deya xabar bermoqda metropoliten matbuot xizmati.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Qayd etilishicha, 14 ta bekatdan iborat mazkur yo‘nalish bir necha yildan buyon yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Endi undagi bekatlar oralig‘ida bosqichma-bosqich 3 oy muddatga mo‘ljallangan rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.

Xususan, 8-iyundan boshlab 2 ta: “Turon (13-bekat) — Qipchoq (14-bekat)” bekatlari oralig‘ida metro poyezdlar harakati to‘xtatiladi.

Yo‘lovchilarga noqulaylik hosil qilmaslik maqsadida “Qipchoq” — “Quruvchilar” — “Qipchoq” metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi. Ularning kunlik ish vaqti tongi 05:00 dan tungi 23:00 ga qadar amalga oshiriladi.

Metropoliten matbuot xizmati yangi qurilgan metro yo‘nalishlarida yerusti estakadalari va bekatlari ma’lum muddat foydalangandan so‘ng rejali profilaktik ishlar amalga oshirilishi jahon tajribasidan kelib chiqqan holda o‘tkazilayotganini qayd etdi.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.