O‘z-o‘zini band qiladiganlar orasida O‘zbekistonda mashhur bo‘lgan faoliyat turlari: yaxshi daromad keltiradigan 7 yo‘nalish


O‘zbekistonda o‘z-o‘zini band qilish tizimi 2019-yilda joriy etilgan bo‘lib, dastlab u eksperiment sifatida qaralgan edi. Ammo oradan vaqt o‘tib, statistika shuni ko‘rsatdiki, bu yangi huquqiy shakl samarali ishlamoqda va katta talabga ega. Quyida esa O‘zbekistonda o‘z-o‘zini band qiladiganlar orasida eng mashhur bo‘lgan faoliyat turlarini misollar bilan ko‘rib chiqamiz.
Avtomobil xizmatlari
Bu yerga faqat avtomobilga texnik xizmat ko‘rsatish emas, balki xususiy tashish (yo‘lovchi yoki yuk tashish) ham kiradi. Bunday faoliyat uchun odatda YaTT ochib litsenziya olish kerak bo‘ladi. Ammo agar haydovchi litsenziyaga ega bo‘lgan taksopark bilan shartnoma tuzsa, u holda yo‘lovchilarni tashish va kichik yuklarni yetkazib berish huquqiga ega bo‘ladi.
Misol: Mansur 25 yillik haydovchilik tajribasiga ega. Qo‘shimcha daromad manbai kerak bo‘lgach, u taksichilik qilishga qaror qildi va mashhur taksoparklardan biri bilan shartnoma tuzdi. Endi u ishga borayotib va qaytayotib yo‘ldan buyurtmalar olib, daromad topadi. Eng asosiysi — u o‘z jadvalini va odatiy marshrutini o‘zgartmay, qo‘shimcha daromadga ega bo‘ldi.

Go‘zallik sohasi
Go‘zallik xizmatlari O‘zbekistonda eng talabgir yo‘nalishlardan biri bo‘lib, ko‘p hollarda tibbiy ma’lumotni talab qilmaydi. Masalan, manikyur yoki kiprik ustasi bo‘lish uchun maxsus kurslarni tugatish kifoya. Shu bois ko‘plab ayollar o‘z-o‘zini band qilish maqomini rasmiylashtirib, shu sohada o‘z ishini boshlamoqda.
Misol: Madina — doimiy mijozlarga ega bo‘lgan sertifikatli permanent makiyaj ustasi. U uyiga yaqin joyda ish joyi ijaraga olib, u yerda mijozlarni qabul qiladi. Kelajakda kosmetologiya bo‘yicha o‘qishni va xizmatlar ro‘yxatini kengaytirishni rejalashtiryapti.
Qishloq xo‘jaligi
Ayniqsa viloyatlarda yashovchi o‘z-o‘zini band qiladiganlar qishloq xo‘jaligi xizmatlarini ko‘rsatishga moyil. Fermerlar chorva boqish, yerga ishlov berish, ekin ekish va unga qarash, bog‘dorchilik va boshqa yo‘nalishlarni tanlaydi.
Misol: Botir nafaqaga chiqqan. U butun hayotini yer bilan bog‘lagan va hozir ham sevimli ishini tark etmagan. O‘z tomorqasini shunchalik puxta parvarishlaydiki, mahallalardagi boshqa odamlar ham undan yordam so‘raydi. Botir soliq to‘laydi, daromadini esa hisobiga jamg‘armoqda — yangi gazon o‘rish moslamasi va nevarasiga telefon olish niyatida.

Ta’mirlash va qo‘l mehnati
Bu yo‘nalishga quruvchilik, santexnika, elektr o‘rnatish, ta’mirlash va boshqa qo‘l mehnatiga asoslangan faoliyatlar kiradi. Ko‘pincha bular sobiq YaTT bo‘lgan, lekin o‘z-o‘zini band qilish shakliga o‘tgan mutaxassislar.
Misol: Zulfiya — dizayn bo‘yicha ma’lumotga ega tajribali dekorator. Ilgari u o‘z dizayn studiyasiga ega bo‘lgan va devorlar uchun dekorativ qoplamalar bilan shug‘ullangan. Hozir ham mijozlar undan xizmat so‘raydi. U o‘z-o‘zini band qiladigan shaxs sifatida ishlaydi, bu shakl unga qulay, oddiy va foydaliroq.
Ijtimoiy xizmatlar
Repetitorlik, bolalarga qarash, uy ishlarini yuritish, uy tozalash kabi ijtimoiy xizmatlar ham katta talabga ega.
Misol: Soliha uyida bolalarga ingliz tilidan repetitorlik qiladi. Ishlari yaxshi ketmoqda, mijozlar faol tarzda uni tavsiya qilmoqda. U Yevropaga sayohat qilish uchun jamg‘arib yuribdi: uning orzusi – yaxshi mehmonxonalar, chiroyli kafelar va shoping.

Mahsulot ishlab chiqarish
O‘z-o‘zini band qilish tizimi joriy etilgan ilk kunlardanoq, aholining keng qatlami xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish va ularni sotishga qiziqish bildirgan. Masalan: non, shirinliklar, ichimliklar tayyorlash va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish.
Misol: Yasmina uyida tortlar pishirib, muvaffaqiyatli ishlamoqda. Uning shirinliklarini to‘ylar, tug‘ilgan kunlar va korporativ tadbirlarga buyurtma qilishadi. Uningcha, o‘zi o‘ziga rahbar bo‘lish — eng katta erkinlik. Hozircha jamoa yo‘qligi hech qanday muammo tug‘dirmaydi: uning maqsadi — son emas, sifat. Bu esa — imij va hech kim bilan bo‘lishmaydigan daromad.
IT sohasi
Zamonaviy bizneslar tez-tez IT xizmatlariga muhtoj: sayt yaratish, CRM tizim o‘rnatish, ma’lumotlar tahlili va hokazo. Bunday xizmatlar ko‘pincha bir martalik bo‘lgani uchun, doimiy ishchi yollashdan ko‘ra, o‘z-o‘zini band qiladigan mutaxassisni chaqirish tejamkorroq va qulayroq hisoblanadi.
Misol: Alisher universitetning 3-kursida o‘qiydi, tez orada u diplomli IT-mutaxassisga aylanadi. Hozircha to‘liq stavkada ishlashga imkoniyati yo‘q, shuning uchun bo‘sh vaqtlarida daromad topish uchun o‘z-o‘zini band qiladigan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishga qaror qildi. U har qanday buyurtmalarni qabul qiladi: yaqinda qo‘shnisining yangi kompyuterini sozlab berdi. Shuningdek, u o‘z ishini rivojlantirish uchun o‘z-o‘zini band qiladiganlar uchun mo‘ljallangan kredit olishni xohlayapti va allaqachon o‘ziga mos taklifni topib qo‘ygan.

O‘zbekistonda o‘z-o‘zini band qiladiganlar uchun kreditlar
Bugungi kunda O‘zbekistonda kredit olish uchun uydan chiqishingiz ham shart emas. TBC Bank o‘z-o‘zini band qiladiganlar uchun maxsus taklif taqdim etadi.
Jarayon juda oddiy: ilovaga kirasiz, ro‘yxatdan o‘tasiz, ariza to‘ldirasiz va bir minutda javob olasiz. Endi bankga borib, hujjat yig‘ish va haftalab kutishning hojati yo‘q!
Sizdan talab qilinadigan narsa — o‘z-o‘zini band qiladigan shaxs maqomiga ega bo‘lish, arizani to‘ldirish va faoliyatingizga mos maqsadni tanlash. Agar hammasi tayyor bo‘lsa, eng yoqimli bosqichga o‘tamiz. Tasdiqlangach, pul TBC Bank kartasiga yoki hisob raqamiga tushadi. Bunday qo‘llab-quvvatlash bilan biznesingiz albatta rivojlanadi!
* So‘nggi 300 000 foydalanuvchining kredit bo‘yicha qaror qabul qilishining o‘rtacha vaqti. Aniq qaror qabul qilish vaqti mijozning kredit tarixiga qarab bir minutdan kamroq yoki ko‘proq bo‘lishi mumkin. Foiz stavkasi: 28 dan 49% gacha, muddati 3 oydan 36 oygacha, miqdori 300 mingdan 100 million so‘mgacha. Batafsil shartlar: tbcbank.uz.