08.05.2025
GTA VI o‘yinining ikkinchi treyler e’lon qilindi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Rockstar Games GTA VI oʻyini uchun yangi treylerni e’lon qildi. 24 soat ichida ushbu video koʻrishlari soni 83 million martadan ortdi.
Dastlab, oʻyin 2025-yil oxirida chiqarilishi rejalashtirilgandi. Biroq reliz yarim yil ortga surildi. Bu haqda oʻyin ishlab chiqaruvchisi Rockstar Games rasmiy veb-saytida ma’lum qildi.
“Grand Theft Auto 6” tarixdagi eng qimmat video o‘yinga aylanishi ehtimoli mavjud. Oʻyinning ishlab chiqish 2 milliard dollarga baholanmoqda. Bu Dubaydagi Burj Xalifa binosini qurish xarajatlaridan sezilarli darajada yuqori hisoblanadi.