РУ
O’Z
UZS
/
/
Umra ziyoratini tashkil etish boʻyicha talablar kuchaytirildi
14.10.2024

Umra ziyoratini tashkil etish boʻyicha talablar kuchaytirildi

Umra ziyoratini tashkil etish boʻyicha talablar kuchaytirildi

Endi turoperatorlar 1 million dollarni jamgʻarmaga zaxira sifatida qoʻyishi, xizmatni uchinchi davlatlar orqali koʻrsatmasligi hamda 2 yillik tajribaga ega aviakompaniya bilan amalga oshirishi kerak.

12-oktyabr kuni umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni yaxshilashga qaratilgan hukumat qarori qabul qilindi.

Joriy yilning iyun oyida qabul qilingan qaror bilan umra ziyorati boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga doir faoliyat litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi.

Litsenziyalovchi vakolatli organ — Din ishlari boʻyicha qoʻmita. Hukumat qarori bilan, litsenziyalarni berish qatʼi tanlov asosida joriy yilning oktabr oyidan boshlab, qoʻmita tomonidan amalga oshiriladi.