$100 верхний
РУ
O’Z
UZS
/
/
Birinchi turmushi muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga qaramay, keyingi juftliklaridan chin baxtini topgan mashhurlar
24.11.2024

Birinchi turmushi muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga qaramay, keyingi juftliklaridan chin baxtini topgan mashhurlar

Birinchi turmushi muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga qaramay, keyingi juftliklaridan chin baxtini topgan mashhurlar

Shou-biznes vakillari ham hammamiz kabi oddiy odamlardir. Ularning ham shaxsiy hayoti va oʻziga yarasha muammolari bor. Bu maqolada baxtini ikkinchi, uchinchi turmushlaridan topgan mashhurlar haqida soʻz boradi.

image

100 dollargacha bo‘lgan eng yaxshi sovg‘alar. QAYERDAN XARID QILISH MUMKIN?

icon

Ruxshona ikki farzandi bilan avval oila qurmagan yigitga turmushga chiqdi

2024-yilning 28-oktyabr kuni xonanda va aktrisa Ruxshona ikkinchi marta oila qurdi. Uning nikoh kechasida shou-biznesning koʻplab taniqli vakillari mehmon boʻlishdi. Videolardan xonandaning toʻyiga doʻstu yaqinlari, hamkasblari va shou-biznes olamining eng taniqli vakillari kelganini koʻrish mumkin.

Qoʻshiqch intervyularidan birida katta mansabdagi shaxslardan nojoʻya takliflar tushgani bois ikkinchi bor oila qurganini aytganini, ammo hali turmush qurmaganini bildirgandi. Sanʼatkorning turmush oʻrtogʻining ismi Ulugʻbek. Toʻyda kelin-kuyov ota-onalariga gul sovgʻa qilishgan.

Oʻzidan kichik yigit bilan oila qurgan Rayhon

2012-yil 16-noyabrda Rayhon Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati institutining 22 yoshli talabasi Yigitali Mamajonovga turmushga chiqqan. Mamajonov bundan keyin Rayhonning bir necha musiqiy klipida rol oʻynagan.

2014-yilning 5-mayida Rayhon egizak oʻgʻil tugʻdi. 2015-yilning 9-yanvarida oʻzbek matbuotida atigi ikki yil birga yashagan Rayhon va Mamajonov ajrashayotgani haqida xabar qilindi. 2016-yil yanvarida Rayhon teleboshlovchi hamda shoumen Farhod Alimovga turmushga chiqqan.

Bir oy yashab ajrashgan Ulugʻbek Qodirov

Aktyor Ulugʻbek Qodirov 2012-yilning sentyabr oyida ota-onasining qistovi bilan uylangan. Toʻy katta dabdaba bilan oʻtgan boʻlishiga qaramay, kuyov bir oydan keyin ajrashishga qaror qilgan.

Mish-mishlarga qaraganda, bunga kelinni yoqtirmay uylangani sabab boʻlgan. 2013-yilning aprel oyida esa aktyor “Shahrizoda” guruhining aʼzosi Aziza bilan oila qurgan. Ular 2014-yili qiz, 2016-yilda esa oʻgʻil farzandli boʻlishganini maʼlum qilishgan.

Reper Shahriyor toʻy uchun AQSHdan qaytib keldi

Bir necha yildan buyon AQSHda istiqomat qilayotgan reper Shahriyor 2023-yil 11-iyul kuni Nurangiz ismli qizga uylandi. Toʻy xorijda emas, balki xonanda tugʻilib oʻsgan Samarqandda boʻlib oʻtdi. Ammo bu nikoh marosimi xonandaning hayotidagi birinchi toʻy emas.

U bundan avval ham oila qurgan va 2016-yili oʻgʻil farzandli boʻlganini maʼlum qilgandi. Hamisha shaxsiy hayotini ommadan sir tutadigan ijodkorning navbatdagi toʻy videolari ham tashkilotchilar sabab ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Katta ehtimol bilan bu juftlik ham ajralgan boʻlishi mumkin.

Ancha yosh oila qurib ajrashgan va prodyuseriga turmushga chiqqan Shahzoda

Zilola Musayevaning onasi moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa-da, u ham hammasini noldan boshlagan. U san’atkor bo‘lgunga qadar qanday qiyinchiliklarni boshdan kechirganini aytishni istamaydi. Ammo u ham ko‘p xonandalar singari klubda 10 ming so‘m evaziga qo‘shiq kuylagan. Zilola ancha erta oila qurgan, ammo yosh oilaning turmushi uzoqqa cho‘zilmagan. Buni ko‘pchilik uning san’atni tanlagani sabab deb bilishadi. Xonanda esa buning sabablari butunlay boshqa ekanligini aytib o‘tgan.

Biz u bilan do‘stmiz. U ayni paytda Amerikada yashaydi. Nikohimiz aynan shuning uchun ham bekor qilingan. Men Amerikaga ko‘chib borishni istamaganman. Lekin hozir munosabatlarimiz do‘stona. U O‘zbekistonga kelganida albatta Solih bilan uchrashadi va muloqot qiladi, deydi Shahzoda. U shundan so‘ng o‘ziga prodyuserlik qilgan kompaniya egasi Ravshan Yo‘ldoshev bilan oila qurgan.

Yigitali Mamajonov uchinchi nikohdan baxtini topdi

Aktyor Yigitali Mamajonov 2012-yilning 16-noyabr kuni xonanda Rayhon bilan oila qurgan. 2014-yil esa ular egizak farzandli boʻlishgan. Afsuski, oradan koʻp vaqt oʻtmay turli nizolar sabab ular ajrashishga qaror qilishgan. 2016-yilning may oyida Yigitali Mamajonov xonanda Rayhon bilan rasman ajrashganini maʼlum qilgan.

Qozogʻistondagi ijodiy safarlari chogʻida esa Nigina ismli qiz bilan tanishib qolgan va qiz farzandli boʻlishgan. Ammo aktyorning bu munosabati ham uzoqqa choʻzilmagan. 2018-yili esa aktyor Muqaddas Saʼdullayeva bilan oila qurganini maʼlum qildi. Bu nikohidan Abubakr va Xadicha ismli farzandlari bor.

Sharof Muqimov va Sevinch Moʻminova oilasi

Sharof Muqimov va Sevinch Moʻminova 2010-yilda oila qurgan. Ularning nikohi katta shov-shuvlarga sabab boʻlgan, hattoki toʻyning videodisklari sotuvga chiqarilgandi. Afsuski, ularning turmushi uzoqqa choʻzilmadi. 2017-yilda ular qonuniy ravishda ajrashishdi.

Sevinchning soʻzlariga koʻra, turmush oʻrtogʻi bilan yashash davomida u koʻplab qiyinchiliklarga duch kelgan. Xonanda qaynonasi bilan murakkab munosabatlar va turmush oʻrtogʻining qarorlari sabab oilani saqlab qolish mushkul boʻlganini tan oldi. U qizalogʻi Leylani yolgʻiz tarbiyalab kelmoqda.

Sharof Muqimov 2018-yili Husnora ismli qiz bilan tanishib, 2019-yilning iyun oyida unga uylandi. 2021-yilning dekabr oyida oʻgʻil farzandli boʻlishdi. Sharof Muqimov turmush oʻrtogʻiga Tracker avtomobilini sovgʻa qildi va baxtli kunlar uchun unga minnatdorlik bildirdi.

Bu qiziq

100 dollargacha bo‘lgan eng yaxshi sovg‘alar. QAYERDAN OLAMIZ?
100 dollargacha bo‘lgan eng yaxshi sovg‘alar. QAYERDAN OLAMIZ?
Nafaqat ajoyib sovg‘a: eng yaxshi simsiz quloqchinlarni tanlaymiz
Nafaqat ajoyib sovg‘a: eng yaxshi simsiz quloqchinlarni tanlaymiz
Sharm al-Shayxga 700 dollardan sayohatlar. Batafsil so‘zlab beramiz
Sharm al-Shayxga 700 dollardan sayohatlar. Batafsil so‘zlab beramiz
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.