верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
“Hududgaztaʼminot” gaz zapravkalari faoliyatining cheklanganiga izoh berdi
04.02.2025

“Hududgaztaʼminot” gaz zapravkalari faoliyatining cheklanganiga izoh berdi

“Hududgaztaʼminot” gaz zapravkalari faoliyatining cheklanganiga izoh berdi

Magistral gaz quvurlarida yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etish ishlari olib borilishi sababli gaz bosimining pasayishi kuzatildi. Shu bois, aholi xonadonlari va ijtimoiy obyektlarni tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida 3-fevral kuni ayrim yirik isteʼmolchilarga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Shu kuni ijtimoiy tarmoqlarda avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari faoliyatining cheklangani haqidagi xabarlar tarqaldi. “Hududgaztaʼminot” ushbu vaziyat yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, “UzGasTrade” tomonidan gaz quvurlarida avariya oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilayotganini qayd etdi.

Shu sababli magistral quvurlardagi gaz bosimi pasaygan va tabiiy gaz bilan birinchi navbatda aholi hamda ijtimoiy obyektlarni taʼminlash maqsadida yirik isteʼmolchilarga vaqtincha cheklovlar kiritilgan.

Kompaniya matbuot xizmatining maʼlumotiga koʻra, hozirda avariya holati bartaraf etilgan va gaz taʼminoti bosqichma-bosqich tiklanmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 2024-yil dekabr oyining boshida Energetika vazirligi metan zapravkalar faoliyatiga vaqtinchalik cheklov kiritilishini maʼlum qilgandi. Havo haroratining keskin pasayishi gaz isteʼmolini oshirib yuborgan va quvurlardagi bosimning kamayishiga sabab boʻlgan.

Haydovchilarning ehtiyojlarini qondirish maqsadida yoqilgʻi bilan taʼminlash jarayonida tovar-xomashyo birjasi orqali sotuvga chiqariladigan benzin hajmi vaqtincha ikki baravarga oshirildi. Energetika vazirligi talab va taklifdan kelib chiqib, zarurat tugʻilsa, ushbu hajm yana koʻpaytirilishini taʼkidladi.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.