Klublar o‘rtasidagi JCH. “Real” “Borussiya D”ni mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi


2025-yilgi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining chorak finalida “Real Madrid” va “Borussiya Dortmund” jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. AQShning Ruterford shahrida joylashgan “MetLife” stadionida kechgan bellashuvda “Real” 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, yarim final bosqichiga yo‘l oldi.
Madridliklar uchrashuvni faol boshladi. 10-daqiqada Arda Gyulerning aniq pasidan so‘ng Gonsalo Garsiya hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay, 20-daqiqada Fran Garsiya ikkinchi gol muallifiga aylandi va “Real” ustunligini oshirdi — 2:0.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Ikkinchi taymda “Borussiya” hujumga o‘tdi. Nemis jamoasi bir necha xavfli vaziyatlar yaratdi, biroq ularning ko‘pchiligi samarasiz yakunlandi. O‘yinning qo‘shib berilgan daqiqalarida esa golga boy epizodlar kuzatildi. 90+3-daqiqada Maksimilian Bayer hisobni qisqartirdi — 2:1. Ammo atigi bir daqiqa o‘tib, Kilian Mbappe javoban gol urib, farqni yana ikki to‘pga yetkazdi — 3:1.
Uchrashuv so‘ngida yana bir qiziqarli holat ro‘y berdi. 90+5-daqiqada Din Xeysen o‘z jarima maydonchasida qoida buzib, qizil kartochka oldi. “Borussiya” penaltiga ega chiqdi va Serju Girassi 90+8-daqiqada uni golga aylantirdi — 3:2.
Shu tariqa, “Real Madrid” yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. “Borussiya Dortmund” esa musobaqani chorak final bosqichida yakunladi.