Hafta oxiriga borib harorat +30° gacha koʻtariladi


21−25-aprel kunlari Toshkent shahrida kutilayotgan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi.
Dushanba kuni tushdan keyin havo bulutli boʻlib, harorati +23° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi prognoz ham bulutli boʻlib boʻlib turadi, havo harorati +12 ° gacha tushadi.
Seshanba kuni tushdan keyin harorat +24° gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi havo biroz bulutli boʻlib, harorat +12° gacha tushishi kutilmoqda.
Chorshanba kuni tushdan keyin havo biroz bulutli boʻlishi, havo harorati +26 gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Kechasi biroz bulutli boʻlib, harorat +12 gacha tushadi.
Payshanba kuni havo harorati +28° gacha koʻtariladi. Kechasi harorat +14° gacha tushishi kutilmoqda.
Juma kuni tushdan keyin havo oʻzgarib turadi, havo harorati +30° gacha koʻtariladi. Shanbaga oʻtar kechasi esa +16° gacha pasayish kutilmoqda.