Biznesingiz uchun kreditlar
РУ
O’Z
UZS
/
/
Kristofer Nolanning navbatdagi filmi nomi va aktyorlar jamoasi ma’lum bo‘ldi
24.12.2024 (yangilandi 24.12.2024)

Kristofer Nolanning navbatdagi filmi nomi va aktyorlar jamoasi ma’lum bo‘ldi

Kristofer Nolanning navbatdagi filmi nomi va aktyorlar jamoasi ma’lum bo‘ldi

Universal studiyasi Kristofer Nolanning yangi loyihasining nomi “Odissey” (The Odyssey) ekanligini ma’lum qildi. Film Gomerning klassik dostoniga asoslanib, eng so‘nggi IMAX texnologiyasi yordamida suratga olinadi.

image

2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!

icon

Asl manba syujeti Odisseyning Troya urushidan so‘ng ona vatani Itaka oroliga qaytishi haqida hikoya qiladi. Voqealar miloddan avvalgi 8-asrda kechadi va mifologik unsurlar, jumladan qadimgi yunon xudolari va afsonaviy maxluqlar bilan boyitilgan. Yaqinda ushbu doston Reyf Faynz ishtirokida “Odisseyning qaytishi” nomli drama sifatida ham sahnalashtirilgan edi.

“Odissey” filmi aktyorlar tarkibiga Mett Deymon, Tom Holland, Zendeya, Enn Xeteuyey, Robert Pattinson, Sharliz Teron va Lupita Niongo qo‘shildi. Film 2026-yil 17-iyulda ekranlarga chiqadi.

Nolanning so‘nggi biografik “Oppengeymr” biografik filmi 2023-yilda namoyish etilgan bo‘lib, jahon kinoprokatida 975 million dollar daromad keltirdi va eng yaxshi film nominatsiyasi ham qo‘shilgan holda yettita “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi.

Bu qiziq

2 milliard so‘mgacha kredit!  Rasmiylashtirish – 1 kunda!
2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.