РУ
O’Z
UZS
/
/
Qanday qilib insonni anime uslubida: qo‘lda va AI-vositalari yordamida chizish mumkin
22.10.2024

Qanday qilib insonni anime uslubida: qo‘lda va AI-vositalari yordamida chizish mumkin

Qanday qilib insonni anime uslubida: qo‘lda va AI-vositalari yordamida chizish mumkin

Agar siz kasbingizga ko‘ra emas, balki qalb amri bilan rassom bo‘lsangiz va anime uslubida rasm chizishni o‘rganishni juda xohlasangiz, unda teskari qo‘llar rukni ochiq deb e’lon qilinadi. Bu yerda biz barcha sirlarni oshkor etamiz hamda buni AI vositalari va o‘rgatuvchi videolar orqali amalga oshirishga yordam beramiz. Bu ehtiyotkorlik, epchil qo‘llar va hech qanday firibgarliksiz amalga oshadi!

Anime uslubidagi rasm chizish asoslari

Anime uslubidagi rasm – bu oson ish emas. Jarayonning o‘zi vaqt, hafsala va sabr-toqat talab qilishi bilan birga, o‘zingizning badiiy uslubingizni aks ettirish imkonini ham berib, cheksiz zavq baxsh etadi.

Anime uslubida rasm chizish: ko‘rsatma

  • Sizga qog‘oz, yumshoqligi turlicha bo‘lgan qalamlar to‘plamidan iborat ish qurollari kerak bo‘ladi. Chizgilarni oddiy qalamdan boshlashni va shtrixlash uchun yumshoqroq qalamlardan foydalanishni tavsiya qilamiz. O‘chirg‘ich va chizg‘ich ham tuzatish hamda asos yasashda asqotadi.
  • Yuz mutanosibligini o‘rganing. Animeda yuz mutanosibligi haqiqiysidan farq qilishi mumkin. Odatda ko‘zlar kattaroq, yuzning pastki qismi esa kesilganga o‘xshaydi. Chizishni oval yoki doiradan boshlang - bu bosh uchun asos hisoblanadi. Ko‘z chizig‘i va yuzning boshqa belgilarining joylashuvini belgilash uchun uni teng qismlarga ajrating.
  • Yuz qiyofasini chizing. Belgilangan chiziq bo‘ylab katta ifodali ko‘zlarni chizing. Har bir ko‘zni uchta asosiy qismga bo‘lish mumkin: yuqori qovoq, pastki qovoq va ko‘z aylanasii. Kiprik, ko‘z aylanasi va qorachiq kabi detallarni qo‘shing. Ko‘z shu’lasi ko‘zlarga nur baxsh etadi. Anime uslubida burun juda oddiy chiziladi - bu kichik chiziq yoki nuqta. Ammo og‘iz sizning qahramoningizning xarakterini ifodalashi kerak.
  • Soch turmagiga aniqlik kiriting. Animelardagi sochlar o‘ziga xos, uslubiy shaklga ega. Mos uslubni aniqlash uchun bir nechta sinov qoralamalarini tayyorlang. Sochning hajmi haqida unutmang – bu turmakni yanada dinamik qilib ko‘rsatadi.
  • Tafsilotlarni qo‘shing. Shaklni to‘liq chizib bo‘lganingizdan so‘ng, tafsilotlarni, masalan, kiyimdagi burmalar va aksessuarlarni qo‘shing. Shtrixlashning turlicha texnikasini qo‘llashni unutmang - ular to‘g‘ri yorug‘lik va soyani yaratishda juda kerak.

Animadagi yuzlar uslubi va ularni qanday tasvirlash mumkin?

Klassik uslub

Yuz yuqori qismining yarmini egallagan katta ko‘zlar. Kichik burun va kichkina og‘iz. Yuz yurak yoki oval shaklida.

Chibi qahramonlaridagi uslub

Bosh tanaga qaraganda katta. Ko‘zlar yanada kattaroq - go‘yo likopchaga o‘xshaydi, yuz chiziqlari esa soddalashgan va biroz dumaloq. Og‘iz va burun nuqtalar yoki qisqa chiziqlardek tasvirlanadi.

Realistik uslub

Yuz mutanosibligi haqiqatga yaqinroq, tafsilotlarga boy. Ko‘zlar haqiqiydan ko‘ra kattaroq, ammo klassik uslubga qaraganda ancha kichikroq. Teri tafsilotiga alohida e’tibor qaratadi – bunga soyalar va tekstura bilan ishlash yordamida erishish mumkin. 

Anime uslubidagi rasm – mutanosbliklar bilan sinovlar

Ko‘z o‘lchamini o‘zgartirish: qahramon yanada yoshi kattaroq yoki bolalarcha ko‘rinishi uchun ko‘zlarni kattalashtirish yoki kichraytirishga harakat qiling.

Yuz shakli: yuzni yanada burchakli yoki dumaloqlashtirgan holda – qahramoningizning tabiatiga qarab, o‘zgartiring. 

Burun uzunligi va og‘iz shakli: turli his-tuyg‘ularga erishish uchun mazkur chizgilar bilan ishlang.

Anime uslubidagi inson sochlari qanday chiziladi? 

1. Umumiy uslub bering.

Animedagi sochlar silliq va tekis, jingalak yoki yig‘ilgan bo‘lishi mumkin. Uslubga aniqlik kiritgan holda siz turmak shaklini yaxshi tasavvur qilishingiz mumkin. 

2. Turmakning asosiy shaklidan boshlang, bu soch o‘sishi yo‘nalishini aks ettiradi. Asosiy tolalar qanday yotishini tushunish uchun ularni tasvirlang.

3. Tekstura bilan ishlang. Rasmga teranlik baxsh etish uchun kichikroq va realistik tolalarni qo‘shing. Sochlarga jilo va soya ta’sirini yaratish uchun shtrixlashdan foydalaning. Rassomlardan layfxak: ingichka chiziqlar soch turmagiga yanada mayinlik va yengillik bag‘ishlashi mumkin.

4. Shu’lalarni ham unutmang. Animeda uslublashtirishda muhim element - sochlarga jilo va jonlilikni beruvchi shu’ladir. Yorug‘lik manbaini aniqlang va qat’iy chiziqlardan qochgan holda yorug‘roq sohalarni qo‘shing.

5. Soch rangi yoki bo‘yash mashg‘ulotini tanlang. Sochlar istalgan - tabiiydan fantastikgacha ko‘rinishdagi ranglarda bo‘lishi mumkin. Rang tanlash ko‘pincha qahramonning kayfiyati yoki tabiatiga bog‘liq bo‘ladi. Vau-effektga erishish uchun gradiyentlar va ranglarga o‘tishdan foydalaning.

Endi esa rasm chizishning ancha murakkab darajasiga, qiyofa shaklini chizishga o‘tamiz. 

Anime uslubida odam tanasini qanday chizish mumkin

  • Tanani: bosh, gavda, qo‘l va oyoqlar kabi bir necha qismlarga ajrating. Odatda, bosh tana umumiy uzunligining yettidan bir yoki sakkizdan bir qismini tashkil qiladi.

  • Skelet chizmasidan boshlang - qo‘l va oyoqlarni qayd etish uchun tayoqchalar, bo‘g‘imlarni belgilash uchun ovallar, bosh uchun katta bo‘lmagan doira va tana uchun to‘rtburchak chizing.

  • Tana muvozanati uchun tayanch o‘q vazifasini bajaruvchi vertikal chiziq chizing. Bu tana qismlarini bir-biriga nisbatan to‘g‘ri joylashtirishga yordam beradi. 

  • Torsning yuqori va pastki qismlari uchun chiziqlar chizing. Ayollarda bel nichbatan ingichkaroq, erkaklarda esa to‘g‘ri yoki V-simon shaklda bo‘ladi. Ko‘krak qafasi va bel holatini aniqlang.

  • Bo‘g‘imlarga (yelkalar, tirsaklar, tizzalar) e’tibor bergan holda, qo‘l va oyoqlar chizmasi uchun silindrlardan foydalaning. Qo‘llar odatda sonning o‘rtasigacha yetadi, bilak va barmoq animeda biroz qisqarishi mumkin.

  • Barmoqlar va oyoq barmoqlarini soddalashtirgan tarzda chizish mumkin, lekin asosiy shakllar va barmoqlarni esdan chiqarmang. Avval umumiy shakllarni chizing, keyin esa tafsilotlarni qo‘shing. Detalizatsiyalash va libos.

  • Mushakdor qahramonlar uchun mushak guruhlarini chizing, nozikroq qiyofalarda esa shakllarni nozikroq qiling.

  • Holat mutanosibligini va dinamikasini yaxshiroq tushunish maqsadida boshqa rassomlarning asarlari va referentlarni o‘rganing.

  • Sinab ko‘ring: mutanosiblik qanday qilib o‘zgarayotganini his qilish uchun qahramonlarni turli vaziyatlarda chizib ko‘ring.

Anime uslubida qanday qilib kiyimlarni ifodalash mumkin?

Kiyim shaklini aniqlashdan boshlang. Nimani ko‘rmoqchisiz? Ehtimol, bu qandaydir yopishib turadigan yoki erkin turadigan libosdir. Kiyim ko‘rinishi qahramonga 100% mos kelishi, uning ichki dunyosini ko‘rsatib bera olishi kerak. Libosning asosiy chiziqlarini tana ustidan chizgan ma’qul. Bu kiyim qanday o‘tirishini va qahramon tanasi bilan o‘zaro moslashishini tushunishga yordam beradi.

Kiyimdagi burmalarni e’tiborsiz qoldirmang - ular qahramonga yana haqiqiylik qo‘shadi. Burmalar ko‘pincha bukiladigan va tortiladigan: tirsaklar,  tizzalar, qo‘ltiq, bel atrofi va boshqa narsalarga tegib turadigan joylarda paydo bo‘ladi. Burmalar qahramonning harakati va holatini qanchalik namoyish etishi haqida o‘ylab ko‘ring.

Kiyim haqiqiy insonning javonidan olingandek ko‘rinishi uchun unga katak, chiziq yoki naqshlardan iborat shakllar va detallarni qo‘shing. Choklar, tugmalar, cho‘ntaklar va zanjirsimon yopqichlarga e’tibor bering. Aksessuarlarsiz bo‘lishi mumkinmi? Anime qahramonida bu sharf, kamar, taqinchoqlar bo‘lishi mumkin.

Anime uslubida mukammal libosni tasvirlash uchun kuzatuvchanlikni mashq qiling: sevimli anime serialini tomosha qiling, komikslarni varaqlang, Pinterest va hatto dizaynerlar lukbuklaridagi referenslarni izlang. Endi esa amaliyotga kirishing.

Rasmda hissiyotlarni qanday qilib tasvirlash mumkin? 

Liboslar bilan hammasi tushunarli bo‘lsa, hissiyotli rasmda qiyinchiliklar bo‘lishi mumkin. Lekin ularni ham uddalasa bo‘ladi.

Yuz orqali

Ko‘zlar, qoshlar va hatto qorachiqlar. Ko‘zlar nafaqat inson qalbining, balki jonsiz qalbning ham ko‘zgusidir. Ularning o‘lchami va shaklini o‘zgartirib, his-tuyg‘ularning butun uyg‘unligini izohlash mumkin. Anime qahramonlarining katta ochilgan ko‘zlari quvonch va hayratni, yarim yopiq ko‘zlari esa zerikish va charchoqni ifodalaydi.

Qoshlarning yuqoriga ko‘tarilishi hayajon yoki hayratdan darak bersa, chimirilgan qoshlar diqqatni jamlash, ba’zida esa g‘azabni anglatadi.

Ko‘z qorachig‘ining markazda bo‘lishi - qahramon kayfiyati neytral, yuqoriga surilgani – xayolparastlikni bildiradi.

Og‘iz va lablar

Agar lablarning ikkala burchagi biroz ko‘tarilgan bo‘lsa, bu quvonch, agar bittasi biroq ko‘tarilgan bo‘lsa, masxara va nafratni anglatadi. Katta ochilgan og‘iz kulgi yoki qichqiriqni, jag‘ning qisilishi esa norozilik va g‘azabni ifodalaydi.

Gavda holati va turishi orqali

Boshning yelkaga egilib turishi = qiziquvchanlik yoki noz-karashmani, pastga egilishi esa qayg‘u yoki umidsizlik belgisidir. Boshni bir tomonga burish ishonchsizlik yoki o‘ychanlikni qayd etishi mumkin.

Qahramon holati rasmda his-tuyg‘ularni berishda muhim rol o‘ynaydi. Ko‘krakka qo‘yilgan qo‘llar yopiqlik yoki himoyani, erkin yoki bo‘shashganlik esa tinchlanganlik va yaxshilik haqida hikoya qiladi.

Tafsilotlarni ko‘zdan qochirmang: siqilgan mushtlar qahramoningizdagi ishonch, qat’iyat yoki g‘azabni bildirsa, ochiq barmoqlar esa bo‘shashish yoki hayratni aks ettiradi.

Anime uslubidagi qahramonni qanday bo‘yash mumkin?

Vositalardan boshlaymiz. Siz an’anaviy: markerlar, akvarel yoki rangli qalamlardan foydalanishingiz mumkin. Grafik planshet va rasm chizish uchun dasturiy ta’minotga (Photoshop, Clip Studio Paint, Procreate va boshq.) o‘xshash raqamli dasturlar ham bo‘lishi mumkin.

Ranglar mutanosibligi rejasini tuzamiz. Qahramonning terisi, sochlari, kiyimlari va aksessuarlari uchun asosiy ranglarni aniqlang. Rasmning kayfiyati va uslubiga mos keladigan rang chizmasini tanlang.

Bo‘yash katta joylardan boshlanadi. Teri, soch, kiyimlar. Bu ishning umumiy ohangi va muhitini yaratishga yordam beradi. Tabiiy yorug‘likka rioya qiling: ranglar va soyalarni to‘g‘ri taqsimlash uchun yorug‘lik manbaini aniqlang.

“Raqamli” ishlashda tahrirni yengillashtirish va alohida qismlarni qo‘shish maqsadida  teri, liboslar va soch kabi turli qatlamlardan foydalaning.

Teranlik va hajmni ko‘rsatish uchun soyalarni qo‘shing. Soyalarni yaratish maqsadida asli to‘q bo‘lgan ranglardan foydalaning. Jilolarni ham unutmang – ular sirtni yanada jonlantiradi.

Yorug‘ va qorong‘i sohalar o‘rtasida ravon o‘tish uchun yengil gradiyentlar. Bu teri va sochning haqiqiyligi uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Elementlarni kuchaytirish uchun aniq chiziqlarni ishlating. Yoki qahramon chizgilarini ajratib ko‘rsatish maqsadida bo‘yoq chizig‘ini qo‘llang. Nozik, nafis chiziqlar istalgan nafosatni yaxshiroq ifodalaydi.

Tekshiring va tuzating. Orqaga bir qadam tashlang va ranglar mutanosibligi uyg‘unligini baholang. Ehtimol, dam olib, ishni keyinroq ko‘zdan kechirish uchun qaytish kerakdir. Bu unga yangicha nigoh bilan qarash va ishni tugallash sohalarini ko‘rish imkonini beradi. 

So‘nggi mazmunga boy yoki yorqin tuzatishlarni kiriting. Hammasi stilistika muvofiqligi va qahramonning o‘zi uchundir.

Insonni AI yordamida anime uslubida qanday tasvirlash mumkin

AI vositalaridan foydalangan holda anime uslubida qahramonni tasvirlash qiziqarli va foydali tajriba bo‘lishi mumkin. Quyida buni amalga oshirish uchun bir necha layfxaklar keltirilgan:

AI vositalarini tanlash

  • Tasvirlarni generatsiya qilish xizmatlari. Sizning didingizga ko‘ra, anime qahramonlarini yaratishga yordam beradigan Artbreeder, DeepArt yoki Midjourney platformalaridan foydalaning. U yerda haqiqiy betakror tasvir yaratish uchun turli uslublar va xususiyatlarni uyg‘unlashtirish mumkin.

  • AI funksiyali grafik muharrirlar. AI bilan integratsiyalangan Adobe Photoshop kabi dasturlar rasmlarni yaratish va tahrir qilishda yordam berishi mumkin. Masalan, Content-Aware Fill funksiyasidan AI yordamida avtomatik ravishda fonni to‘ldirishda foydalanadi. Animatsiya uslubini yaratishni osonlashtiradigan mo‘yqalamlar va yordamchi vositalarni taklif qiladigan Clip Studio Paint yoki Procreate dasturlaridan foydalaning. Yaratish jarayoni.

  • Referenslarni to‘plash. Dastlab sizni ilhomlantiradigan, qahramonni qanday ko‘rishni xohlashingizni tushunadigan tasvirlar va rasmlarni to‘plang. Bu mavjud animelar yoki yoqtirgan uslubdagi boshqa tasvirlar bo‘lishi mumkin.

  • Asosiy chizgini yaratish. Agar AI funksiyasidagi dasturlardan foydalansangiz, ular sizga tezda chizgi yoki qahramon chizgisini yaratishga yordam beradi. Ba’zi vositalarda parametrlar va polzunkalardan foydalangan holda asosiy filtrlarni: yuz ko‘rinishi, kiyinish uslubi va holatni berish mumkin.
  • AI yordamida detallashtirish. AI rang, tekstura kabi tafsilotlarni qo‘shishi va yutuqli yorug‘likni sozlashi mumkin. Ayrim vositalar tasvirni tahrir qiladi, soyalarni qo‘shadi va hatto tajribali rassom ham qila olmaydigan noziklik bilan silliq gradiyentlarni yaratadi. Tasviringizning sifati va tafsilotlarini uning aniqligini yo‘qotmasdan turib, “upscaling” funksiyasi uchun AIdan foydalaning. 

  • Yakunlash: ishlov berish va tuzatish. AI bilan ishlagandan keyin tuzatish yoki qo‘shimcha tafsilotlarni qo‘shish uchun muharrirlardan foydalaning, chunki sizning yakuniy chizgilaringiz rasmga yanada mukammallik baxsh etadi.

Va eng muhimi: rasm chizishda qat’iy qoidalar, doiralar va cheklovlar yo‘qligini yodda tuting. Anime uslubidagi rasmda sizning o‘ziga xos uslubingiz va ijodingiz hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Mashq qiling, tajriba o‘tkazing va xato qilishdan qo‘rqmang.