верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Lamin Yamal La Liga tarixida o‘ziga xos natija qayd etdi
27.05.2025

Lamin Yamal La Liga tarixida o‘ziga xos natija qayd etdi

Lamin Yamal La Liga tarixida o‘ziga xos natija qayd etdi

Kataloniyaning “Barselona” klubi 17 yoshli futbolchi Lamin Yamal La Ligada assistlar bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Bu haqda Opta Sports nashriga tayanib Championat xabar berdi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Statistik portalning ma’lumotlariga ko‘ra, 21-asrda Ispaniya chempionatida 20 yoshgacha bo‘lgan hech bir futbolchi bir mavsumda Yamal kabi ko‘p golli uzatma amalga oshirmagan. Ushbu mavsum 17 yoshli futbolchi La Liga doirasidagi 35 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 9 ta gol va 15 ta golli yozdirib qo‘ygan. 

Umuman olganda, Lamin 2024/25-yilgi mavsum davomida “Barselona” tarkibida 55 ta o‘yinda qatnashib, 18 ta gol va 25 ta assist qayd etdi.

Ma’lumot uchun, Yamal 18 yoshga to‘lgach, “ko‘k-anorranglilar” bilan uzoq muddatli shartnoma imzolashi kutilmoqda. Shuningdek, uning tovon puli 1 milliard yevro etib belgilanadi. Transfermarkt portali hozirda Laminning qiymatini 180 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum “Barselona” uchun ancha omadli kechdi. Kataloniyaliklar 3 ta sovrin — Ispaniya Superkubogi va Kubogi, shuningdek, La Liga chempionligini qo‘lga kiritdi.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.