РУ
O’Z
UZS
/
/
Vashingtonda 1-sentyabr Oʻzbekiston Mustaqilligi kuni deb eʼlon qilindi
04.09.2024

Vashingtonda 1-sentyabr Oʻzbekiston Mustaqilligi kuni deb eʼlon qilindi

Vashingtonda 1-sentyabr Oʻzbekiston Mustaqilligi kuni deb eʼlon qilindi

Vashington shahri meri Oʻzbekiston Mustaqillik kunining ahamiyatini taʼkidlab, Amerika Qoʻshma Shtatlari Oʻzbekiston mustaqilligini birinchilardan boʻlib tan olganligini qayd etdi.

AQSH poytaxti meri Muriyel Bauzer mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligini yuksak sharaflab, ushbu kunni Vashingtonda “Oʻzbekiston mustaqilligi kuni” sifatida rasman eʼlon qildi.

Vashington shahri meri Oʻzbekiston Mustaqillik kunining ahamiyatini taʼkidlab, Amerika Qoʻshma Shtatlari Oʻzbekiston mustaqilligini birinchilardan boʻlib tan olganligini qayd etdi.

Qoʻshma Shtatlar poytaxtida 1-sentyabrning Oʻzbekiston Mustaqilligi kuni deb eʼlon qilinishi ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar tobora mustahkamlanib borayotganining ifodasidir. Soʻnggi yillarda shakllangan hamkorlik oʻzaro strategik sheriklik munosabatlarining yorqin namunasi boʻlib, turli sohalarda hamkorlikning yanada kengayishiga xizmat qilmoqda.

Merning maxsus bayonotiga koʻra, AQSH va Oʻzbekiston koʻplab sohalarda, jumladan, chegara va mintaqaviy xavfsizlik dasturlari, madaniy va gumanitar hamkorlikni mustahkamlash, ingliz tilida taʼlim berishni rivojlantirish boʻyicha mustahkam, oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirmoqda. Shuningdek, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli iqtisodiy va siyosiy islohotlar alohida mamnuniyat bilan qoʻllab-quvvatlanmoqda.

Bauzer xonim soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston elchixonasi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda muhim rol oʻynamoqda. Poytaxt meri ikki mamlakat oʻrtasidagi shaxslararo aloqalarni kengaytirish va madaniy almashinuvni rivojlantirish borasida sezilarli yutuqlarga erishilganini alohida taʼkidladi.

“Vashington shahri Amerika Qoʻshma Shtatlarining poytaxti sifatida Oʻzbekiston mustaqilligi va uning jahon miqyosidagi ahamiyatini katta hurmat bilan eʼtirof etadi”, — deya taʼkidladi AQSH poytaxti meri.