Yomg‘irlar va momaqaldiroqli ob-havo: O‘zbekiston bo‘ylab haftalik prognoz va har bir kun uchun 7 xil obraz
Noyabr oyining yarimi ham o‘tdi, dekabr esa tobora yaqinlashmoqda ga – sehrli muhit, bayramlar va sovg‘alar yaqinlashmoqda. Lekin shoshilmaylik, chunki O‘zbekistonning hozirgi ob-havosi qulay va chiroyli hamda uslubiy obrazlarni talab qiladi. So‘nggi xarid chog‘ida Masha shunday obrazlarni topdi va ommabop brendlar o‘rtasida “battl” o‘tkazishga qaror qildi. Ringga Massimo Dutti va Mango chiqdi. “Jang homiysi” — odatdagidek, O‘zGidromet ob-havo prognozi va mavjud bo‘lgan narsalarning havolalari.
Toshkentda 18–24 noyabrga kutilayotgan haftalik ob-havo
18-noyabr
Dushanba kunining ob-havosi bulutli va biroz kayfiyatsiz bo‘ladi, axir dam olish kunlari hali uzoqda. Ertalab havo harorati +7 daraja, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi esa +15..+16 daraja, lekin havo bulutli bo‘ladi. Biroq kunni biroz yorqinlashtirish uchun, Masha ishga tangachalari bor kiyimda yo‘l oldi. Kun oxirida harorat +9 darajaga tushadi.
Mashaning obrazi:
19-noyabr
Seshanba kunida yanada salqin bo‘ladi: kun bo‘yi yomg‘ir yog‘adi, havo harorati kunduzi +14..+16 daraja, tunda esa +9 darajaga tushadi. Bunday ob-havoda soyabon, issiq kiyimlar va yaqinlar bag‘riga muhtojmiz. Yoki hech bo‘lmaganda, issiq choy va bir bo‘lak kuzgi pirog iste’mol qilishni tavsiya qilamiz.
Mashaning obrazi:
20-noyabr
Hafta o‘rtasida Toshkent osmoni biroz ochiladi, lekin yomg‘ir kam, yoqimsiz yo‘sinda davom etadi. Kunduzi havo +15 darajagacha isiydi, kechqurun esa +11 darajaga tushadi. Yomg‘irsiz kunlar yaqinlashayotgani quvonarli. Masha sotuvdagi so‘ngi bomberni xarid qilldi, lekin muqobil variantlar hali ham mavjud.
Mashaning obrazi:
“Kanishka” shopper sumkasi (modelga tegishli)
21-noyabr
Agar yomg‘irli kunlar tugadi deb o‘ylagan bo‘lsangiz, yanglishasiz. Payshanba kunida ham yomg‘irli ob-havo kutilmoqda: +12..+13 daraja issiqlik va momaqaldiroq ehtimoli yuqori. Lekin biz hali ham haftaning yaxshi yakunlanishidan umidvormiz.
Mashaning obrazi:
Vintaj palto (modelga tegishli)
22-noyabr
Juma kunida momaqaldiroq yana takrorlanadi va bizni o‘zining ob-havo “isterikasi” bilan kutib oladi. Ko‘chada +12 daraja va endi havo issimasligi aniqdek tuyulmoqda. Ammo kayfiyatni ko‘tarish uchun qulay va norasmiy kiyimlar tanlaymiz. Kechqurun harorat +7 darajaga tushadi.
Mashaning obrazi:
23-noyabr
Shanba kuniga kelib bulutlar tarqaladi, quyosh chiqadi va yoqimli salqinlik paydo bo‘ladi. To‘g‘ri, havo yozdagidek yoqimli va iliq emas, lekin yashash uchun sharoit bor. Eng qulay kostyumni kiyib, quyosh nuri ostida yurishga chiqamiz. Harorat +10 daraja. SPF haqida unutmang, uni yil davomida surib yurish tavsiya etiladi.
Mashaning obrazi:
24-noyabr
Yakshanbada shanba kuni kabi havo quyoshli, ammo sovuqroq bo‘ladi: tashqarida havo harorati +8 daraja. Mashina, metro yoki samokatga minib nonushtaga yo‘l olamiz! Qahva, sirnik va omlet bilan isinib olamiz. Kechqurun harorat +5 darajaga tushadi, shuning uchun to‘g‘ri aksessuarlar va ustki kiyimlarni unutmaymiz.
Mashaning obrazi:
Modadagi yangiliklar, ayollar va trendlar haqida yana ko‘proq ma’lumotni bu yerdan o‘qishingiz mumkin.