верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 24-may kuni o‘tkaziladi
18.05.2025

Maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 24-may kuni o‘tkaziladi

Maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 24-may kuni o‘tkaziladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda ushbu tadbir o‘tkazilishi taqiqlangani, cheklovlar o‘rnatilgani haqida tarqalayotgan xabarlar noto‘g‘ri ekanini ma’lum qildi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

O‘zbekiston maktablariga “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 24-may, shanba kuni o‘tkaziladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlikka ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda ushbu tadbir o‘tkazilishi taqiqlangani, cheklovlar o‘rnatilgani haqida turli noto‘g‘ri xabarlar tarqalmoqda.

Joriy o‘quv yilining oxirgi kuni 25-may, yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani sababli “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 24 may, shanba kuni o‘tkazilishi belgilangan.

“So‘nggi qo‘ng‘iroq har bir inson hayotida unutilmas taassurotlarga boy bo‘ladi. Ayniqsa, katta hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan 11-sinf bitiruvchilari uchun bu kunning ahamiyati va qadri o‘zgacha. Bir tomondan, ko‘p yillik qadrdon sinfdoshlar, mehribon ustozlar, jonajon maktab bilan umrbod xayrlashish oson emas. Ikkinchi tomondan, mustaqil hayotga qadam qo‘yish zavqi, yangi marralar chorlovi, talabalik sururi. Bu endi chinakam bayram”, — deyiladi xabarda.

Maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini ko‘tarinki kayfiyatda, tantanalar bilan o‘tkazish an’anasi bu yil ham davom etishi ta’kidlangan.

“Faqat maktablarimiz jamoalarini, bitiruvchilarimizni, hurmatli ota-onalarimizni tadbirlar jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya etishlarini so‘raymiz”, — deya ta’kidlanadi vazirlik xabarida.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Azamat Kamolov barcha ta’lim tashkilotlariga “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar hamda namunaviy ssenariylar yetkazilganini ma’lum qilgandi.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.