РУ
O’Z
UZS
/
/
Matyoqub Matchonov tanishini haqorat qilgan uchun javobgarlikka tortildi
23.01.2025

Matyoqub Matchonov tanishini haqorat qilgan uchun javobgarlikka tortildi

Matyoqub Matchonov tanishini haqorat qilgan uchun javobgarlikka tortildi

Jabrlanuvchi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Matchonov bilan suhbatini diktofonga yozib olgan va uni IIBga bergan. Sud aktyorni huquqbuzarlik sodir etganlikda aybdor deb topdi va jarima belgiladi.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Matyoqub Matchonov Kinematografiya agentligi binosida fuqaroni haqorat qilgani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati maʼlum qildi.

Sud hujjatlariga koʻra, Matyoqub Matchonov 2025-yil 15-yanvar kuni Kinematografiya agentligi binosida boʻla turib, E.Yoʻldoshevni oʻtkazilayotgan tadbirga xalaqit berishi vaji bilan binoga kiritmasligi yuzasidan kelishmovchilik yuz bergan. Natijada aktyor uni turli soʻzlar bilan haqorat qilib, shaʼni va qadr-qimmatini qasddan kamsitgan.

Matchonovning maʼlum qilishicha, u Yoʻldoshev bilan ancha yillardan buyon tanish va uning arizasiga asosan Kinematografiya agentligida tekshirish ishlari olib borilmoqda. Yoʻldoshev oʻz arizasida Matchonovni Badiiy kengash aʼzosi sifatida davlat buyurtmasi asosida tasvirga olingan kinolarda rol ijro etgani va bu manfaatlar toʻqnashuvi ekanini koʻrsatib oʻtgan.

15-yanvar kuni E.Yoʻldoshev Kinematografiya agentligiga kelganida, qorovullar uni ichkariga kiritmagan va oʻrtada tortishuv yuz bergan. Buni koʻrgan Matyoqub Matchonov u bilan gaplashib olmoqchi boʻlgan, Yoʻldoshevni ancha yillardan beri tanigani uchun unga gapirgan, keyinroq esa uni haqorat qilgan.

Sud majlisida soʻralgan jabrlanuvchi E.Yoʻldoshev Kinematografiya agentligining moliyaviy faoliyatidagi kamchiliklarni oʻrganish maqsadida Bosh prokuraturaga ariza bilan murojaat qilgani, oʻrganish shaffof boʻlishi uchun u ham agentlikka kelgani, lekin binoga kiritilmaganini aytgan. Jabrlanuvchi Matchonov bilan suhbatini telefon apparatida diktofonga yozib olgan va uni IIBga bergan.

22-yanvar kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tuman sudi qarori bilan Matyoqub Matchonov Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41-moddasida (haqorat qilish) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan va unga BHMning uch baravari (1 million 125 ming soʻm) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.