Met Gala’dagi mojaro: Selena Gomesning muxlislari Zendeyani taqlid qilishda ayblamoqda


Selena Gomesning sodiq muxlislari Zendeya so‘nggi paytlardagi ko‘rinishlarining o‘z kumirlari obrazlariga o‘xshashligiga e’tibor qaratishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda Gollivud yulduzlarining o‘xshash liboslari qizg‘in muhokama qilinmoqda.
Taqqoslash uchun tarmoq foydalanuvchilari 2024 va 2025-yillardagi Met Galada namoyish etilgan Zendeyaning uchta kechki libosini tanladilar. Selena Gomes muxlislarining fikricha, ularning sevimlisi turli tadbirlarda ancha oldin shunday ko‘rinishda paydo bo‘lgan. Bu ataylab taqlid qilinganmi yoki shunchaki Zendeya stilistlari uchun ilhom manbai bo‘lganmi, degan savol javobsiz qolmoqda. Shunga qaramay, uslub tanlashdagi ko‘zga tashlanadigan o‘xshashlikni inkor etish qiyin, bu esa qizg‘in bahslarga sabab bo‘ldi.

Ayni paytda, ba’zi foydalanvchilar Selena Gomes muxlislarini xolisona yondashishga va vaziyatni bo‘rttirib ko‘rsatmaslikka chaqirmoqda. Sharhlarda keltirilgan liboslarning faqat bittasida o‘xshashlik borligi, qolgan taqqoslashlar esa asossiz ekanligi ta’kidlanmoqda. “Go‘yo nusxa aslidan ham yaxshiroq chiqqanga o‘xshaydi”, “Butun dunyo Selenadan nusxa ko‘chirmoqda, bunga ko‘nikinglar” deb yozishmoqda odamlar.
Ta’kidlash joizki, mashhur shaxslarning moda yo‘nalishlariga ta’siri keng tarqalgan hodisa bo‘lib, turli yulduzlar o‘rtasidagi uslubiy o‘xshashliklar har doim ham taqlid qilishdan dalolat bermaydi. Ehtimol, ikkala san’atkor ham o‘xshash tendentsiyalardan ilhom olgan yoki bir xil qarashga ega bo‘lgan dizaynerlar bilan hamkorlik qilgan bo‘lishi mumkin.