03.12.2024
Yandex Go Navoiyda ish boshladi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Navoiy shahrida Yandex Go taksi xizmati yoʻlga qoʻyildi. Safarlarning minimal narxi 4000 soʻmdan boshlanadi.
Navoiy shahrida Yandex Go taksi xizmati ish boshladi. Bu xizmatdan foydalanish mumkin boʻlgan Oʻzbekistondagi 16-shahar, deb xabar berdi Yandex Uzbekistan axborot xizmati.
Safarning minimal narxi 4000 soʻmdan boshlanadi. Masalan, “Vosxod” bozoridan Yangi Hayot supermarketiga borish taxminan 4500 soʻmga tushadi. Safar uchun naqd pul yoki ilovaga ulangan karta bilan toʻlov qilish mumkin.
Eslatib oʻtamiz, xizmat Toshkent, Namangan, Andijon, Fargʻona, Margʻilon, Qoʻqon, Samarqand, Buxoro, Termiz, Nukus, Qarshi, Urganch, Xiva, Guliston va Jizzaxda ham faoliyat yuritmoqda.
O‘xshash mavzular
Diyora Keldiyorova: dzyudochi qizning biografiyasi, medallari va shaxsiy hayoti. U qanday qilib “Elle” muqovasiga chiqdi?
13-fevral uchun munajjimlar bashorati: Tarozilar shoshilinch qarorlar qabul qilmagani maʼqul, Qovgʻalarni esa kutilmagan istiqbollar kutmoqda
Ob-havo maʼlumoti: 13-fevral kuni harorat +15 boʻladi