Moskvada bloger Guseyn Gasanov sirtdan hibsga olindi


Moskvaning Chertanovo sudi mashhur videobloger Guseyn Gasanovni sirtdan hibsga oldi. Sud materiallariga tayanib, "TASS"ning xabar berishicha, Hasanovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan. Unga Rossiya Jinoyat kodeksining 174-moddasi 4-qismi - "Jinoiy faoliyat natijasida orttirilgan pul mablag‘larini legallashtirish" bo‘yicha sirtdan ayblov e’lon qilingan.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, mazkur modda 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va katta miqdorda jarima solishni nazarda tutadi. Ayblov tafsilotlari va legallashtirilgan mablag‘lar miqdori hozircha rasman oshkor etilmagan.
Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Huseyn Gasanov qidiruvga berilgan. Bloger hozir aynan qayerda ekani noma’lum. Uning vakillari hozircha vaziyatga izoh bermagan, biroq hibsga olish to‘g‘risidagi qaror ustidan allaqachon shikoyat qilingan.
Huseyn Hasanov - Instagram va YouTube’dagi qimmatbaho yutuqli o‘yinlar, xayriya aksiyalari va epataj kontenti bilan mashhur bo‘lgan rossiyalik eng taniqli blogerlardan biri. Uning millionlab obunachilari bor, o‘zi esa OAV va ijtimoiy tarmoqlarda bir necha bor shov-shuvli muhokamalarga sabab bo‘lgan.