РУ
O’Z
UZS
/
/
Toping.uzʼda afisha: Gulsevar dam olish kunlarida qayerlarga borishni yoqtirishini aytdi
15.11.2024 (yangilandi 15.11.2024)

Toping.uzʼda afisha: Gulsevar dam olish kunlarida qayerlarga borishni yoqtirishini aytdi

Toping.uzʼda afisha: Gulsevar dam olish kunlarida qayerlarga borishni yoqtirishini aytdi

Kuzning uchinchi oyi boʻlgan noyabrning ikkinchi haftasi ham yakuniga yetmoqda. Poytaxt koʻchalari kuzga xos boʻlgan tillarangga burkangan, havo esa ancha sovib, yogʻingarchilik boshlandi. Bloger Gulsevar bilan oltin kuzdagi Toshkent haqida suhbat olib bordik.

Hordiq

Men Toshkent shahridagi istirohat bogʻlarini piyoda sayr qilishni yoqtiraman. Ayniqsa, kuzda bogʻlar oʻziga xos kayfiyatga ega boʻladi.

Bu borada Botanika bogʻi, ekopark, Moviy gumbazlar va Telman bogʻlarini maʼqul koʻraman, deyishim mumkin.

Shuningdek, boshqa sokin manzillarda ham boʻlishni xush koʻraman. Yolgʻiz qolib, bemalol fikrlashingiz uchun imkon boʻladi.

Kino

Men doimiy ravishda kinopremeralarni tomosha qilib boraman. Fantastik janrdagi filmlarni jonu dildan yaxshi koʻraman. Oʻzga olamga sayohat qilish juda ajib hisdir.

Poytaxtda kinoteatrlar ham ancha koʻp. Bu esa kinomanlarga tanlovni kengaytiradi va oʻz didiga qarab, joy tanlash imkonini beradi, degan fikrdaman.

Teatrga esa uncha koʻp bormayman. Ammo teatr bu maʼnaviy hordiq ekani bois koʻproq qatnashni maslahat bergan boʻlardim.

Taom

Asosan milliy taomlar tanovul qilaman. Shu bois oʻzbekona restoranlarda ovqatlanishni xush koʻraman.

Bizning oshxonamiz mazali taomlarga juda boy hisoblanadi. Shu sababli hech qachon ovqatlardan zerikib qolmaysiz.

Xarid

Men zamonaviy uslubdagi kiyimlar doʻkonidan xarid qilishni maʼqul koʻraman. Bunda Just va Selfiye kabi doʻkonlarni tanlayman.

Kiyim tanlashda dastlab uning jimjimadorligiga va keyin esa sifatiga, qulayligiga eʼtibor qarataman. Bunda albatta ikkalasi ham muhim.

Ayni paytda kiyimlar uchun tanlov ham ancha oshib qoldi. Har kim oʻz didiga mos buyumlarni topa olishiga ishonaman.