Universal yangi “Forsaj” filmining byudjetini qisqartirishni talab qilmoqda


Universal Pictures rahbarlari “Forsaj” filmining yangi qismi byudjeti 140 million dollarga qisqartirilib, 200 million dollargacha tushirilishini istamoqda — faqat shunday holatdagina film haqiqatan ham ekranlarga chiqariladi.
Shu bilan birga, oldingi “Forsaj” filmining byudjeti 340 million dollar edi, biroq u jahon prokat bozorida muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Hozirgi vaqtda ijodkorlar loyihadan 50 million dollar tejash yo‘llarini faol ravishda izlamoqda. Bu esa film uchun ssenariy yozilmagani va bosh rollarni ijro etuvchilar tanlanmaganini hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda.
Agar prodyuserlar Universal bilan kelishuvga erisha olsalar, film suratga olish ishlari 2026-yil o‘rtalarida boshlanadi, “Forsaj” esa 2027-yilda ekranlarga chiqariladi.