Biznesingiz uchun kreditlar
РУ
O’Z
UZS
/
/
Munisa Rizayeva farzandining yuzini koʻrsatdi (video)
02.12.2024 (yangilandi 02.12.2024)

Munisa Rizayeva farzandining yuzini koʻrsatdi (video)

Munisa Rizayeva farzandining yuzini koʻrsatdi (video)

Yaqinda ona boʻlgan xonanda Munisa Rizayeva tugʻruqdan keyingi jarayon haqida maʼlumot berdi.

image

2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!

icon

Taniqli sanʼatkor Munisa Rizayeva 24-noyabr kuni ilk bor ona boʻlgandi. U tugʻruqdan keyingi jarayon haqida video eʼlon qildi.

“Menda 9 oylik homiladorlik, shish, toksikoz, uyqusiz tunlar, tugʻruqdan keyingi tiklanish boʻldi. Ammo farzandim...” deya yozilgan video izohida.

Bunda ayol shuncha qiyinchilik bilan farzandni dunyoga keltirsa ham, farzand odatda otaga oʻxshashi nazarda tutilgan. Buni koʻpchilik tasdiqlagan.

Xonanda tomonidan 26-noyabr kuni eʼlon qilingan videoda xonanda tugʻruq kompleksiga kelgani va u yerda jarayonga tayyorlanganini koʻrish mumkin. Bunday muhim kunda dalda boʻlish uchun Munisaning onasi ham yetib kelgan.

“Hammaga salom doʻstlar. Mana hozir roddomga yetib keldik. Bugun qornimdagi jajji farzandimni dunyoga keltiramiz”, — deya taʼkidlagan qoʻshiqchi Instagramʼdagi sahifasida eʼlon qilingan videoda.

Tasvirlarda tayyorgarlik, tugʻruq va farzandning qoʻlga berilishi kabi jarayonlar aks etgan. Videoda Rizayeva oʻgʻlini quchoqlab turganini, onasi esa ularni suratga olayotganini koʻrish mumkin. Unga koʻplab sanʼatkorlar izoh yozgan.

Bu qiziq

2 milliard so‘mgacha kredit!  Rasmiylashtirish – 1 kunda!
2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.