верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Sedi Sink “O‘rgimchak odam 4” filmida rol oʻynaydi
14.03.2025 (yangilandi 14.03.2025)

Sedi Sink “O‘rgimchak odam 4” filmida rol oʻynaydi

Sedi Sink “O‘rgimchak odam 4” filmida rol oʻynaydi

“Stranger Things” seriali yulduzi Sedi Sink Tom Holland bosh rolni ijro etadigan “O‘rgimchak odam 4” filmining aktyorlar tarkibiga qoʻshildi. Bu haqda Deadline nashri xabar berdi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Ta’kidlanishicha, aktrisa qaysi personajni gavdalantirishi aniq emas, ammo muhim rollardan birini ijro etadi. Kinokartina rejissyori “Shan-Chi va o‘nta uzuk afsonasi” filmi ustida ishlagan Destin Deniel Kretton bo‘ladi. Syujet tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan.

Franshizaning 2021-yilda “O‘rgimchak odam: uyga yo‘l yo‘q” nomi bilan chiqqan uchinchi qismi jahon prokatida 1,9 milliard dollar pul toʻplagan. Kartinada Piter Parker tasodifan olamlararo portalni ochib yuboradi, bu esa Tobi Maguayr va Endryu Garfild ijrosidagi avvalfi o‘rgimchak odamlarning paydo bo‘lishiga imkon beradi. 

Shuningdek, ular bilan birga avvalgi kinokartinalar antogonistlari Doktor Sakkizoyoq va Yashil Goblin ham filmda ishtirok etgan.

Sedi Sink Netflix tomonidan ishlab chiqarilayotgan mashhur “Stranger Things” serialida Maksin rolini ijro etgan. Serialning soʻnggi beshinchi mavsumi 2025-yilda chiqishi rejalashtirilgan.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.