06.03.2025
Nilufar Usmonova imijini tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirdi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Xonanda Nilufar Usmonova taqinchoqlar do‘koni uchun reklama roligiga suratga tushdi. U videoda biznes ledi obrazida ko‘rinish berdi.
Qo‘shiqchi Feliz Diamond brendi uchun maxsus videoda tushib, kollab ishladi. U do‘kon har qanday muhim uchrashuvlar uchun hamroh bo‘lishini aytdi.
“Har bir brilliant jilosi o‘z hikoyasini so‘zlaydi, har bir nafis taqinchoq esa sizning o‘ziga xosligingizni va muvaffaqiyatlaringizni ta’kidlaydi”, — deb yozadi san’atkor post ostidagi izohda.
Uning yangi imiji ustida dizayner Mariyam Botirova ishlagan. U ko‘plab mashhurlar, jumladan, Yulduz Usmonova, Milena Madmusayeva va Umidaxonlarga kiyim tikadi.